12 900.000 so‘m

decrease

-20.160

14 595.060 so‘m

decrease

-86.120

157.320 so‘m

decrease

-1.290

12 900.000 so‘m

decrease

-20.160

4 kun avval
Iqtisodiyot

“Uzbekistan Airways” AJ sof foydasi 11,8 mlrd soʻmga kamaydi

Kompaniyaning birinchi chorakdagi sof foydasi 49,6 mlrd soʻmni tashkil etdi — bu oʻtgan yilga nisbatan 11,8 mlrd soʻmga (23,9%) kamroqdir.

Shuningdek, UzAirways’ning xizmatlardan tushgan yalpi foydasi 171,2 mlrd soʻm boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga qaraganda 105,3 mlrd soʻmga (38%) kamaygan.

“Uzbekistan Airways” AJ sof foydasi 11,8 mlrd soʻmga kamaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

“Uzbekistan Airways” AJ birinchi chorak yakunlariga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, kompaniya sof foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 11,8 milliard soʻm yoki 23,9 foizga kamayib, 49,6 milliard soʻmni tashkil etdi.

Shuningdek, kompaniya balansidagi jami aktivlar davr boshiga nisbatan 776 milliard soʻmga oshib, 18,7 trillion soʻmga yetdi. Shu bilan birga, kompaniyaning umumiy majburiyatlari ham 855 milliard soʻmga koʻpayib, 10,9 trillion soʻmni tashkil qildi.

Kompaniyaning xizmat koʻrsatishdan olgan yalpi foydasi 171,2 milliard soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 38 foizga yoki 105,3 milliard soʻmga kamaygan.

Hisobot davrida “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 10,3 milliard soʻm miqdorida daromad soligʻi toʻlangan boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 15,1 foizga kamdir.

Barcha xarajatlar hisobga olingach, kompaniya chorakni 49,6 milliard soʻm miqdoridagi sof foyda bilan yakunlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+