12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

29-iyul, 12:20
Iqtisodiyot

Uzbekistan Airways 2025 yil birinchi yarmida sof foydasini deyarli 45 foizga oshirdi

Uzbekistan Airways 2025 yilning yanvar–iyun oylarida 389,9 milliard soʻm sof foyda koʻrdi. Bu 2024 yilning shu davridagi koʻrsatkichga nisbatan 44,9 foizga yuqori.

Uzbekistan Airways 2025 yil birinchi yarmida sof foydasini deyarli 45 foizga oshirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Uzbekistan Airways 2025 yilning yanvar–iyun oylarida 389,9 milliard soʻm sof foyda koʻrdi. Mazkur koʻrsatkich 2024 yilning shu davridagiga nisbatan 44,9 foizga yuqori. Bu haqda kompaniya tomonidan eʼlon qilingan moliyaviy hisobotda maʼlum qilingan.

Hisobotga koʻra, aviabiletlar va boshqa xizmatlar savdosi 8,71 trillion soʻmni tashkil etib, 2024 yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga oshgan (2024 yilda 7,6 trillion soʻm edi). 

Xizmatlar tannarxi esa faqat 11,4 foizga koʻpayib, 7,64 trillion soʻmni tashkil etdi. Natijada kompaniyaning yalpi foydasi 1,07 trillion soʻmni tashkil etdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 43,3 foizga koʻpdir.

Shu bilan birga, Uzbekistan Airways’ning operatsion xarajatlari 504,99 milliard soʻmni tashkil qilgan. Hisobot davrida kompaniya foyda soligʻi sifatida 72,1 milliard soʻm toʻlagan.

Moliyaviy holatga doir yana bir muhim koʻrsatkich - bu kompaniya aktivlari 16,3 foizga oshib, 20,86 trillion soʻmga yetganidir.

Bundan tashqari, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasida ham sezilarli oʻsish qayd etilgan. Ushbu koʻrsatkich hisobot davri boshiga nisbatan 290 milliard soʻmga yoki 98,9 foizga oshib, 583,2 milliard soʻmni tashkil qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+