12 694.970 so‘m

increase

40.840

14 878.500 so‘m

increase

60.510

161.600 so‘m

increase

0.420

12 694.970 so‘m

increase

40.840

1 kun avval
Iqtisodiyot

UzAuto Motors sof foydasi birinchi chorakda ikki barobardan koʻproqqa kamaydi

2025 yilning yanvar–mart oylarida kompaniya 637,5 milliard soʻm sof foyda koʻrgan. Sof foydadagi yillik pasayish 50 foizni tashkil etib, bu ikki baravardan koʻproq kamayishni anglatadi.

UzAuto Motors sof foydasi birinchi chorakda ikki barobardan koʻproqqa kamaydi

UzAuto Motors AJ 2025 yilning yanvar–mart oylarini oʻz ichiga olgan birinchi chorak boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotda keltirilishicha, kompaniya mazkur davrda 637,5 milliard soʻm sof foyda koʻrgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning xuddi shu davriga nisbatan sezilarli darajada kam – 2024 yilning birinchi choragida kompaniya qariyb 1,3 trillion soʻm sof foyda qayd etgan. 

Solishtirma tahlilga koʻra, sof foydadagi yillik pasayish 50,7 foizni tashkil etib, bu ikki baravardan koʻproq kamayishni anglatadi.

Bundan tashqari, kompaniyaning umumiy tushumi ham qisqargan. 2025 yilning birinchi choragida tushum 9,7 trillion soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 17 foizga kamaygan. Tannarx ham 12,5 foizga qisqargan boʻlsa-da, bu rentabellik darajasining tushishini toʻxtata olmagan. Natijada, kompaniyaning rentabellik darajasi 20,4 foizdan 16 foizgacha pasaygan.

Shu bilan birga, kompaniyaning xarajatlari deyarli oʻzgarmagan va 1 trillion soʻm atrofida saqlanib qolgan.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yilning uchinchi choragida UzAuto Motors rekord darajadagi moliyaviy natijalarni qayd etgan edi. Kompaniya oʻsha davrda qariyb 2,8 trillion soʻm (taxminan 213 million dollar) miqdorida sof foyda koʻrgani maʼlum qilingan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+