12 962.980 so‘m

increase

14.880

13 377.800 so‘m

decrease

-124.480

123.680 so‘m

increase

2.670

12 962.980 so‘m

increase

14.880

14-dekabr, 2024
FinLit

Uorren Baffet tavsiya qilgan 5 ta kitob

Dunyoning eng muvaffaqiyatli investorlaridan biri hisoblangan Uorren Baffet oʻz muvaffaqiyatlarini doimiy oʻrganish va kitob oʻqishga bogʻlaydi. Pinkod.uz Baffet tavsiya qilgan kitoblarni jamladi.

Uorren Baffet tavsiya qilgan 5 ta kitob

Uorren Baffet — dunyoning eng mashhur investorlaridan biri. U oʻz muvaffaqiyatlarini doimiy oʻrganish va kitob oʻqishga bogʻlaydi. Quyida aynan u tomonidan tavsiya qilingan beshta kitobga toʻxtalib oʻtamiz.

“Aqlli investor” (“The Intelligent Investor”) – Benjamin Grem

Bu kitob investitsiya haqida yozilgan eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. Unda Benjamin Grem uzoq muddatli investitsiya strategiyalari va riskni boshqarish tamoyillarini oʻrgatadi. Kitob asosan investitsiya qilishda xatolardan qochish va aksiyalar qiymatini toʻgʻri baholashga eʼtibor qaratadi.

“Biznes carguzashtlari” (“Business Adventures”) – Jon Bruks

The Best Business Book I've Ever Read

Kitobda yirik kompaniyalarning tarixiy voqealari va qiyin qarorlar qabul qilishdagi tajribalar batafsil tahlil qilingan. Uorren Baffet bu kitobni biznes strategiyalari va insoniy xatolardan saboq olish uchun muhim deb hisoblaydi. Kitob Bill Geyts tomonidan ham yuqori baholangan.

“Oddiy aksiyalar va noyob foyda” (“Common Stocks and Uncommon Profits”) – Filip Fisher

Common Stocks and Uncommon Profits- Kailash Concepts

Bu kitob kompaniyalarni tahlil qilishning oʻziga xos usullarini oʻrgatadi. Fisher kitobida kompaniyalarning uzoq muddatli oʻsish imkoniyatlarini baholash va sifatli menejmentni tanlash boʻyicha qimmatli tavsiyalar berib oʻtgan.

“Poor Charlie’s Almanack” – Charlz Manger

Baffetning doimiy hamkori boʻlgan Charlz Mangerning qarashlari, qaror qabul qilish jarayonlari va falsafasi bu kitobda jamlangan. Bu asar nafaqat sarmoya, balki hayotiy qarorlar qabul qilishga oid koʻplab darslarni ham oʻz ichiga oladi.

“Eng muhim narsa” (“The Most Important Thing”) – Xovard Marks

Kitob investitsiya xatarlarini boshqarish va bozorlardagi ehtimoliy imkoniyatlarni koʻra olish haqidagi tushunchalarni oshirishga yordam beradi. Marksning falsafasi Baffet tomonidan yuqori baholangan va bu kitob investorlar uchun qimmatli qoʻllanma hisoblanadi.

Uorren Baffetning fikricha, oʻqish va oʻrganish orqali moliyaviy savodxonlikni oshirish muvaffaqiyatning kalitidir. Ushbu kitoblar esa sizga investitsiya, menejment va uzoq muddatli muvaffaqiyat haqida chuqur tushuncha beradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+