11 934.240 so‘m

decrease

-75.030

13 591.910 so‘m

decrease

-96.260

152.980 so‘m

decrease

-0.770

11 934.240 so‘m

decrease

-75.030

1 soat avval
Bank
50

Uch yil xaridor kutgan Hi-Tech Bank binosi 77,8 mlrd soʻmga sotildi

Qariyb toʻrt yil avval litsenziyasi bekor qilingan Hi-Tech Bank’ning Toshkent markazidagi sobiq maʼmuriy binosi 77,8 mlrd soʻmga sotildi. Obʼektni “Kapitalbank” va “Hayot Bank”ning sobiq rahbarlari taʼsis etgan “Olmos Finance” mikromoliya tashkiloti xarid qildi.

Uch yil xaridor kutgan Hi-Tech Bank binosi 77,8 mlrd soʻmga sotildi

Qariyb toʻrt yil avval litsenziyasi bekor qilingan Hi-Tech Bank’ning Toshkent markazidagi sobiq maʼmuriy binosi 77,8 mlrd soʻmga sotildi. Obʼektni “Kapitalbank” va “Hayot Bank”ning sobiq rahbarlari taʼsis etgan “Olmos Finance” mikromoliya tashkiloti xarid qildi.

Bino Shayxontohur tumanidagi Navoiy koʻchasida, “Paxtakor” stadioni va Webster universiteti yaqinida joylashgan. Obʼekt soʻnggi uch yil davomida bir necha bor auksionga chiqarilgan boʻlsa-da, shu vaqtgacha xaridor topilmagan edi. Dastlab uning narxi 60 mlrd soʻm atrofida belgilangan.

Navbatdagi auksion 1 iyul kuni oʻtkazildi. Lotning boshlangʻich narxi 74,06 mlrd soʻm etib belgilangan boʻlib, savdolar yakunida “Olmos Finance” 77,764 mlrd soʻmlik taklif bilan gʻolib boʻldi.

Sotilgan obʼekt 2020 yilda qurilgan besh qavatli binodan iborat. Uning foydali maydoni 5,3 ming kvadrat metrni, yer maydoni esa 0,15 gektarni tashkil qiladi. Auksion hujjatlarida bino taʼmirtalab holatda ekani ham qayd etilgan.

“Olmos Finance” 2025 yil noyabrda tashkil etilgan. Kompaniyaning 50 foiz ulushi Sherzod Karimbayevga, qolgan 50 foizi Zohid Alimovga tegishli.

Sherzod Karimbayev avval “Kapitalbank” boshqaruv raisi boʻlib ishlagan va Anorbank tashkil etilishi jarayonida ishtirok etgan. Zohid Alimov esa “Kapitalbank” va Anorbank tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan, shuningdek, “Hayot Bank”ning ilk boshqaruv raisi boʻlgan. Hozirda u “Tayanch” mikromoliya bankiga rahbarlik qilmoqda.

Hi-Tech Bank’ning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi Markaziy bank tomonidan 2022 yil oktabrda bekor qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+