11 988.920 so‘m

decrease

-30.160

13 663.770 so‘m

decrease

-25.960

153.490 so‘m

decrease

-0.380

11 988.920 so‘m

decrease

-30.160

10 soat avval
Bank
87

Trastbank ustav kapitalini ikki baravar oshirib, 2 trln soʻmga yetkazadi

Trastbank ustav kapitalini taqsimlanmagan foyda hisobidan ikki baravar oshirishga qaror qildi. Bank 1 trln 250 mln soʻmlik qoʻshimcha aksiyalar chiqaradi, natijada uning ustav kapitali 2 trln 500 mln soʻmga yetadi.

Trastbank ustav kapitalini ikki baravar oshirib, 2 trln soʻmga yetkazadi
Foto: AI/Pinkod.uz

Trastbank kuzatuv kengashi 23 iyuldagi yigʻilishda bank ustav kapitalini 1 trln 250 mln soʻmga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Natijada uning ustav kapitali 1 trln 250 mln soʻmdan 2 trln 500 mln soʻmga yetadi.

Emissiya doirasida nominal qiymati 1 ming soʻmdan 1 mlrd 227 mingta oddiy hamda 23 mingta imtiyozli aksiya chiqariladi. Qoʻshimcha aksiyalarning umumiy qiymati 1 trln 250 mln soʻmni tashkil etadi.

Barcha aksiyalar bankning amaldagi aksiyadorlari oʻrtasida ularga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Yaʼni har bir eski aksiya uchun bittadan yangi aksiya beriladi. Natijada aksiyadorlarning bankdagi ulushi oʻzgarmaydi.

Aksiyalar yopiq obuna orqali birjadan tashqari uyushmagan bozorda joylashtiriladi. Emissiya jarayoniga anderrayterlarni jalb qilish rejalashtirilmagan.

Qoʻshimcha aksiyalarni oladigan aksiyadorlar roʻyxati emissiya davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingi beshinchi ish kuni holatiga shakllantiriladi. Joylashtirish oltinchi ish kuni boshlanib, 60 kundan kechiktirmasdan yakunlanishi kerak.

Aksiyalar qiymati bankning oʻtgan yillardan qolgan taqsimlanmagan foydasini kapitalizatsiya qilish orqali qoplanadi. Shu sababli operatsiya bankning jami xususiy kapitalini 1 trln 250 mln soʻmga oshirmaydi. Mablagʻ taqsimlanmagan foydadan ustav kapitaliga oʻtkaziladi.

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 1 iyul holatida Trastbank aktivlari bir yilda 38,2 foizga oshib, 17,7 trln soʻmga yetgan

Shu davrda uning kredit portfeli 36,2 foizga oʻsib, 8,7 trln soʻmni, depozitlari esa 35,7 foizga koʻpayib, 12,1 trln soʻmni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+