12 712.090 so‘m

increase

35.360

14 927.810 so‘m

increase

52.940

162.640 so‘m

increase

1.610

12 712.090 so‘m

increase

35.360

2 kun avval
Iqtisodiyot

Tramp BRICS’ning “Anti-Amerika” siyosatini qoʻllagan davlatlarga 10 foizlik tarif bilan tahdid qilmoqda

Maʼlumot uchun, 6 iyul kuni BRICS tashkiloti Oʻzbekiston, Qozogʻiston va yana sakkizta davlatni rasmiy ravishda hamkor davlatlar sifatida tan oldi.

Tramp BRICS’ning “Anti-Amerika” siyosatini qoʻllagan davlatlarga 10 foizlik tarif bilan tahdid qilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

AQSh prezidenti Donald Tramp BRICS tashkiloti bilan yaqinlashayotgan davlatlarga ogohlantiruvchi bayonot berdi. Unga koʻra, tashkilotning “Anti-Amerika siyosatini” qoʻllab-quvvatlagan har qanday davlatga qoʻshimcha 10 foizlik boj soligʻi joriy etiladi.

“BRICS’ning Anti-Amerika siyosatlarini qoʻllayotgan har qanday davlatga  qoʻshimcha 10 foiz boj solinadi. Bu siyosatga hech qanday istisno boʻlmaydi”,— deb yozdi Tramp Truth Social’dagi sahifasida. 

Mazkur bayonot BRICS tashkilotining 6 iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi yalpi majlisidan soʻng eʼlon qilindi. 

Ushbu sammit davomida Oʻzbekiston Respublikasi rasman BRICSʼning hamkor davlati sifatida tan olindi. Shuningdek, Belarus, Boliviya, Qozogʻiston, Kuba, Nigeriya, Malayziya, Tailand, Vetnam va Uganda ham BRICS hamkorlari sifatida qabul qilindi.

Sammitda BRICS yetakchilari AQSh va Isroilning Eron hududidagi harbiy harakatlarini keskin qoralagan. Davlatlar Isroil hukumatini Gʻazo sektoridan qoʻshinlarni olib chiqishga chaqirib, Yaqin Sharqdagi mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish zarurligini taʼkidlagan.

BRICS – bu Braziliya, Rossiya, Hindiston, XXR, JAR, BAA, Eron, Misr, Efiopiya va Indoneziya kabi oʻnta davlatning birlashmasi boʻlib, rivojlanayotgan davlatlar oʻrtasida iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan. Tashkilot global kuch muvozanatini Gʻarb mamlakatlari tomoniga ogʻib ketmasligiga qarshi turishni maqsad qilgan.

Tramp avvalroq BRICS davlatlari oʻzaro savdoda AQSh dollaridan voz kechsa, ularga 100 foizli boj joriy qilish bilan tahdid qilgan edi. Bu esa oʻz navbatida, BRICS mamlakatlari oʻrtasida milliy valyutalarda hisob-kitob qilish imkonini beradigan toʻlov tizimlari va moliyaviy mexanizmlarga qiziqishni oshirdi.

Yakshanba kungi sammitda BRICS yetakchilari savdo va investitsiyalar uchun transchegaraviy toʻlov tizimini yaratish boʻyicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi. Ushbu loyiha oʻn yildan beri muhokama qilinib kelmoqda, biroq hozirgacha sezilarli natijalarga erishilmagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+