Toshpoʻlatxoʻjayev Jamolxoʻja Omonxoʻja oʻgʻli “Hayot bank” AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlandi
Tegishli bank yigʻilishi 11 fevral kuni boʻlib oʻtib, unda Jamolxoʻja Toshpoʻlatxoʻjayev bilan uch yil muddatga mehnat shartnomasi tuzilishi belgilangan.
Bunga qadar u bankda Boshqaruv raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

“Hayot bank” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2026 yil 11 fevral kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida bank boshqaruvi tarkibiga oid tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Yigʻilish yakunlariga koʻra, Kuzatuv kengashi qarori bilan Toshpoʻlatxoʻjayev Jamolxoʻja Omonxoʻja oʻgʻli 2026 yil 11 fevraldan boshlab “Hayot bank” AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Mazkur lavozim boʻyicha mehnat (xizmat) shartnomasi 3 (uch) yil muddatga tuzilishi belgilandi.
Toshpoʻlatxoʻjayev mazkur vaqtga qadar bank boshqaruv raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
Ushbu qaror Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Toshpoʻlatxoʻjayev Jamolxoʻja Omonxoʻja oʻgʻli 1980 yilda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Oliy maʼlumotga ega. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Tashqi iqtisodiy faoliyat” yoʻnalishini tamomlagan, shuningdek, 2011 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini bitirgan.
U bank-moliya sohasidagi mehnat faoliyatini 2002 yildan boshlagan boʻlib, ushbu sohada koʻp yillik amaliy tajribaga ega.
Boshqaruv raisi oʻrinbosari sifatida Jamolxoʻja Toshpoʻlatxoʻjayev bankning moliya va hisobot departamenti, gʻaznachilik boshqarmasi, kredit portfeli monitoringi departamenti, moliyaviy menejment boshqarmasi, “Qadriyatlar” MBU, “Soft-collection” boshqaruvi hamda strategik va tashkiliy rivojlanish departamenti faoliyatiga bevasita rahbarlik qiladi.









