12 175.530 so‘m

decrease

-4.280

14 151.620 so‘m

increase

12.080

155.080 so‘m

decrease

-1.650

12 175.530 so‘m

decrease

-4.280

7 soat avval
Iqtisodiyot
41

Toshkent–Samarqand, Toshkent–Angren–Qamchiq va Toshkent–Chorvoq yoʻnalishlarida pulli yoʻl loyihalari taqdim etildi

Toshkent–Samarqand yoʻnalishida 282 kilometr uzunlikdagi, oltita harakat tasmasiga ega pulli yoʻllar barpo etilishi rejalashtirilmoqda. 

Yoʻl sement-beton qoplamali boʻlib, unda harakatning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometr etib belgilangan.

Shuningdek, Toshkent–Angren–Qamchiq yoʻnalishida 171 kilometrli muqobil yoʻl, jumladan 33 kilometr uzunlikdagi tonnellar qurilishi koʻzda tutilgan.

Toshkent–Samarqand, Toshkent–Angren–Qamchiq va Toshkent–Chorvoq yoʻnalishlarida pulli yoʻl loyihalari taqdim etildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdimotda Toshkent–Samarqand yoʻnalishida yangi avtomagistral qurish loyihasi koʻrib chiqildi. Rejaga koʻra, yoʻlning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Shundan 140 kilometrlik qismida tuproqni mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi. Loyiha doirasida 12 ta transport yechimi, 91 ta koʻprik va 16 ta yoʻl oʻtkazgich barpo etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur avtomagistral besh yil davomida qurilishi koʻzda tutilgan boʻlib, Ia toifali yoʻl sifatida bunyod etiladi. Bu avtomobil yoʻllari uchun eng yuqori texnik va xavfsizlik standartlariga mos magistral hisoblanadi. Unda har biri 3,75 metr kenglikdagi sement-beton qoplamali oltita harakat tasmasi boʻladi. Yoʻlning loyihaviy tezligi esa soatiga 150 kilometr etib belgilangan.

Shuningdek, Toshkent–Angren–Qamchiq dovoni yoʻnalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yoʻlini barpo etish loyihasi ham amalga oshiriladi. Ushbu yoʻlda umumiy uzunligi 33 kilometr boʻlgan tonnellar hamda qator yirik muhandislik inshootlarini qurish rejalashtirilgan.

Davlat rahbariga mazkur loyihalarni moliyalashtirish manbalari hamda xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha olib borilayotgan muzokaralar haqida ham maʼlumot berildi.

Avtomagistrallarni loyihalashda zamonaviy transport muhandisligi yechimlaridan foydalanish, intellektual boshqaruv va monitoring tizimlarini joriy etish, shuningdek, harakat xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, taqdimotda Toshkent–Chorvoq hamda Urganch–Xiva yoʻllarini qurish loyihalarining borishi haqida ham axborot berildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+