12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

06-avgust, 18:12
Bozor

Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasayishda davom etmoqda

Markaziy bankka koʻra, Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori narxi 1 kvadrat metr uchun 15,4 million soʻmdan 14,9 million soʻmgacha tushgan.

Ijara bozorida ham tushish kuzatilib, iyun oyida narxlar yillik hisobda 6,1 foizga arzonlashgan. 

Shuningdek, yer uchastkalari segmentida ham narxlar pasayishda davom etmoqda.

Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasayishda davom etmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Toshkentda koʻchmas mulk bozoridagi narxlar pasayish tendensiyasini davom ettirmoqda. Bu haqda Markaziy bankning 2025 yilning ikkinchi choragi yakunlariga bagʻishlangan koʻchmas mulk bozori boʻyicha hisobotida aytiladi.

Koʻchmas mulk narxlarining oʻsish surʼatlari hududlarga qarab hanuz turlicha boʻlib qolmoqda. Toshkent shahrida ikkilamchi bozorda 1 kv. m uchun oʻrtacha narx 15,4 mln soʻmdan 14,9 mln soʻmgacha pasaydi. 

Xuddi shunday tendensiya Toshkent viloyatida ham kuzatilgan. Ushbu hududda 1 kv. m uchun oʻrtacha narx 8,4 mln soʻmdan 8,2 mln soʻmgacha tushgan. 

Respublikaning boshqa hududlarda esa narxlar oʻsishda davom etmoqda. Hududlar kesimidagi narxlar bilan quyida tanish mumkin:

Ijara bozori

Uy-joy ijarasi bozorida aprel–iyun oylarida muvozanatli vaziyat saqlanib qolgan. Taklif hajmining oshishi va mavsumiy talabning pasayishi natijasida narxlar barqarorlashgan. Respublika boʻyicha oʻrtacha oʻsish surʼati nolga yaqin boʻlib, iyun oyida yillik hisobda atigi 0,3 foizga oshgan.

Toshkentda esa uy-joy ijarasi arzonlashishda davom etmoqda. Iyun oyida poytaxtdagi ijara narxlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga kamaydi.

Toshkent shahrida 2025-yil iyun holatiga koʻra, 100 kv. m (yaʼni 1 sotix) yer maydonining oʻrtacha narxi 334 million soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2024-yilning iyun oyiga nisbatan 2,5 foizga kamroqdir.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+