12 042.050 so‘m

increase

68.150

13 744.800 so‘m

increase

44.260

155.030 so‘m

increase

0.210

12 042.050 so‘m

increase

68.150

Yaqin 22 daqiqa ichida
Bozor
43

Toshkentda uy-joy narxlari tumanlar kesimida qanday farq qilmoqda?

Toshkentda koʻp qavatli uylar boʻyicha eng qimmat hudud Shayxontohur tumani boʻldi. Bu yerda 1 kvadrat metr uy-joyning oʻrtacha narxi 25,3 mln soʻmni tashkil etdi. Eng arzon narx Yangihayot tumanida qayd etilib, 1 kvadrat metr oʻrtacha 11 mln soʻmga baholangan. Yakka tartibdagi uy-joylarda esa eng yuqori narx Mirzo Ulugʻbek tumanida, eng past narx Bektemir tumanida shakllangan.

Toshkentda uy-joy narxlari tumanlar kesimida qanday farq qilmoqda?

Toshkent shahrida koʻchmas mulk narxlari tumanlar kesimida sezilarli farq qilmoqda. Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi elektron savdo platformalarida eʼlon qilingan maʼlumotlar asosida poytaxtdagi turar va noturar obʼektlarning oʻrtacha bozor narxlarini tahlil qildi.

1 iyul holatiga koʻra, Toshkentda koʻp qavatli uylardagi xonadonlarning oʻrtacha narxi 1 kvadrat metr uchun 16,5 mln soʻmni tashkil etgan.

Bu yoʻnalishda eng qimmat hudud Shayxontohur tumani boʻldi — 1 kvadrat metr uchun 25,3 mln soʻm. Keyingi oʻrinlarda Mirobod tumani — 23,2 mln soʻm, Yakkasaroy tumani — 20,5 mln soʻm va Mirzo Ulugʻbek tumani — 19,6 mln soʻm bilan kelgan.

Eng arzon koʻrsatkich esa Yangihayot tumanida qayd etilgan — 1 kvadrat metr uchun 11 mln soʻm. Shuningdek, Sergeli tumanida 11,45 mln soʻm, Bektemir tumanida 11,5 mln soʻm, Uchtepada esa 13,7 mln soʻm atrofida shakllangan.

Yakka tartibdagi uy-joylar boʻyicha narxlar yanada keskin farqlanadi. Toshkent shahrida 1 sotix uchun oʻrtacha narx 916,9 mln soʻmni tashkil etgan.

Bu segmentda eng yuqori narx Mirzo Ulugʻbek tumanida qayd etilgan — 1 sotix uchun 1,72 mlrd soʻm. Undan keyin Yakkasaroy tumani — 1,64 mlrd soʻm, Yunusobod tumani — 1,44 mlrd soʻm va Mirobod tumani — 1,08 mlrd soʻm bilan turibdi.

Eng past narxlar Bektemir, Yangihayot va Sergeli tumanlarida kuzatilgan. Bektemirda 1 sotix oʻrtacha 394 mln soʻm, Yangihayotda 404,7 mln soʻm, Sergelida esa 494,7 mln soʻmga baholangan.

Noturar obʼektlar boʻyicha esa eng qimmat hudud Mirzo Ulugʻbek tumani boʻldi. Bu yerda 1 kvadrat metr noturar obʼektning oʻrtacha narxi 24,4 mln soʻmni tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarda Mirobod — 23 mln soʻm, Yakkasaroy — 19,8 mln soʻm, Shayxontohur va Yunusobod tumanlari — 18,6 mln soʻmdan koʻrsatkich bilan kelgan.

Noturar obʼektlar boʻyicha eng past narx Bektemir tumanida qayd etilgan — 1 kvadrat metr uchun 8,3 mln soʻm. Sergelida bu koʻrsatkich 9,9 mln soʻm, Yangihayotda 9,8 mln soʻmni tashkil qilgan.

Markaz maʼlumotlariga koʻra, Toshkentda koʻp qavatli uylar boʻyicha eng qimmat va eng arzon tuman oʻrtasidagi farq qariyb 2,3 baravarga teng. Yakka tartibdagi uy-joylarda esa bu tafovut 4 baravardan oshadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+