12 074.280 so‘m

increase

37.070

14 218.670 so‘m

increase

147.170

160.860 so‘m

increase

1.240

12 074.280 so‘m

increase

37.070

Yaqin 28 daqiqa ichida
Bozor
16

Toshkentda ijara narxlari qanday oʻzgarmoqda?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga koʻra, 2026 yil aprel oyida Toshkent shahrida median ijara narxi $550ni tashkil etdi. Tumanlar kesimida eng yuqori narxlar Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroyda kuzatildi: bu hududlarda 2 xonali uylar $650–700, 3 xonali uylar esa $900–1 000 atrofida ijaraga taklif qilingan. Nisbatan arzon ijara narxlari Bektemir, Sergeli va Uchtepa tumanlarida qayd etilib, ularda 1–2 xonali uylar asosan $300–450 oraligʻida shakllangan.

Toshkentda ijara narxlari qanday oʻzgarmoqda?
Foto: AI/Pinkod.uz

Toshkent shahrida uy-joy ijara bozori 2026 yil aprel oyida umumiy koʻrsatkichlar boʻyicha barqaror qoldi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti OLX platformasidan yigʻilgan 1,7 mln dan ortiq eʼlonlar asosida poytaxtdagi ijara bozorini tahlil qildi.

Tahlilga koʻra, Toshkentda median ijara narxi mart oyidagi kabi $550ni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2025 yil apreliga nisbatan ham oʻzgarishsiz qolgan.

2026 yil 1 apreldan uy-joy oldi-sotdisida hisob-kitoblarning naqdsiz shaklga oʻtkazilishi ijara bozorida darhol keskin narx sakrashiga olib kelmadi. Aprel oyida eʼlonlar soni ham yanvar–mart oylaridagi oʻrtacha 22,6 mingdan 22,8 mingtaga oshib, bor-yoʻgʻi 0,8 foizlik oʻsishni koʻrsatdi.

Biroq umumiy barqarorlik ortida xona segmentlari kesimida sezilarli tafovutlar kuzatilmoqda. 1 xonali uylarning median ijara narxi $400ga yetib, yillik hisobda 14,3 foizga oshgan. 2 xonali uylar esa $550 median narx bilan 10 foizlik oʻsish qayd etgan.

Aksincha, kattaroq xonadonlar segmentida narxlar pasaygan. 3 xonali uylar boʻyicha median narx $700ni tashkil etib, yillik hisobda 12,5 foizga kamaygan. 4 va undan ortiq xonali uylar segmentida esa median narx $850 boʻlib, pasayish 26,1 foizga yetgan.

Bu ijara bozorida talab asosan kichikroq va nisbatan arzonroq xonadonlarga siljiyotganini koʻrsatadi. Eʼlonlar tarkibi ham buni tasdiqlaydi: bozordagi takliflarning 59,5 foizi 2 xonali uylar hissasiga toʻgʻri keladi.

3 xonali uylar eʼlonlarining ulushi 26,8 foiz, 1 xonali uylar ulushi 10 foiz, 4+ xonali uylar ulushi esa 3,6 foizni tashkil etmoqda. Yaʼni bozorning eng faol qismi aynan 2 xonali xonadonlar segmentida jamlangan.

Hududlar kesimida eng yuqori median ijara narxlari markaziy va talab yuqori boʻlgan tumanlarda saqlanib qolmoqda. Mirobodda median ijara narxi $800, Shayxontohurda $750, Yakkasaroyda esa $700 atrofida shakllangan.

Nisbatan arzon ijara takliflari esa shahar chekka hududlarida kuzatilmoqda. Bektemirda median ijara narxi $390, Sergeli va Uchtepada esa $400 darajasida qayd etilgan.

Narx dinamikasi boʻyicha ayrim tumanlarda ijobiy oʻsish sezilgan. Xususan, Olmazor tumanida ijara narxlari yillik hisobda 12,5 foizga, Mirzo Ulugʻbek tumanida esa 9,1 foizga oshgan.

Shu bilan birga, premium hududlarda narxlar yumshagan. Shayxontohurda ijara narxlari yillik hisobda 25 foizga, Mirobodda 11,1 foizga, Yakkasaroyda esa 6,7 foizga pasaygan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+