12 760.210 so‘m

increase

54.420

14 704.870 so‘m

increase

0.460

160.080 so‘m

increase

0.880

12 760.210 so‘m

increase

54.420

3 kun avval
Iqtisodiyot

Toshkent xalqaro investitsiya forumida umumiy qiymati $30,5 mlrdlik shartnomalar imzolandi

Imzolangan shartnomalar umumiy qiymati oʻtgan yilga nisbatan 14,6 foizga, 2023 yilga nisbatan esa uch barobarga oshgan.

Toshkent xalqaro investitsiya forumida umumiy qiymati $30,5 mlrdlik shartnomalar imzolandi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil 9–12 iyun kunlari boʻlib oʻtgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TXIF) umumiy qiymati 30,5 milliard AQSh dollaridan ortiq investitsion shartnomalar va savdo bitimlari imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilda TXIF-2025 8 mingdan ortiq ishtirokchini, jumladan, 97 ta davlatdan tashrif buyurgan 3 mingga yaqin xorijiy mehmonni qamrab oldi. Forumda 450 nafar yuqori martabali mehmon, shu jumladan 312 nafar hukumat vakili qatnashdi.

Forum doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan investorlar, iqtisodiy ekspertlar va rasmiylar ishtirokida 36 ta panel sessiyasi tashkil etildi. Unda 150 dan ortiq spiker oʻz fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, TXIF-2025 doirasida sanoat koʻrgazmasi ham oʻtkazildi. 12 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda joylashgan mazkur koʻrgazmada 100 nafar oʻzbek ishlab chiqaruvchisi elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, mashinasozlik, kon sanoati, metallurgiya, energetika, avtomobilsozlik, kimyo, moliyaviy xizmatlar, IT, turizm kabi koʻplab sohalarda oʻz mahsulotlari va loyihalarini namoyish etdi.

Koʻrgazmaga har kuni 2 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurdi. Uning doirasida 500 dan ziyod B2B (biznesdan-biznesga) va B2G (biznesdan hukumatga) formatdagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Imzolangan shartnomalar umumiy qiymati oʻtgan yilga nisbatan 14,6 foizga oshgan boʻlib ($26,6 mlrd), 2023 yildagi koʻrsatkich bilan taqqoslaganda esa qariyb uch barobarga koʻpaygan ($11 mlrd).

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+