12 123.380 so‘m

increase

51.350

14 094.640 so‘m

increase

77.810

149.190 so‘m

increase

1.180

12 123.380 so‘m

increase

51.350

2 kun avval
Texnologiya

Tim Kuk Appleʼdagi CEO lavozimidan ketishi mumkin

Apple’ni 14 yildan beri boshqarib kelayotgan Tim Kuk 65 yosh arafasida CEO lavozimini topshirishi mumkin. Manbalarga koʻra, Apple’dagi asosiy nomzod sifatida muhandislik boʻyicha katta vitse-prezident Jon Ternus tilga olinmoqda.

Tim Kuk Appleʼdagi CEO lavozimidan ketishi mumkin
Foto: AI / Pinkod.uz

Jahonning eng yirik texnologiya gigantlaridan biri Apple kompaniyasida rahbariyat darajasida oʻzgarish boʻlishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Apple bosh direktori Tim Kuk soʻnggi 14 yil davomida 4 trillion dollarlik kompaniyani barqaror va qatʼiy boshqarib kelmoqda. Ammo uning 65 yoshga toʻlishiga bir oydan ham kam vaqt qolgan bir paytda, uzoq yillik rahbar lavozimini topshirishga tayyorlanayotgani haqidagi mish-mishlar tobora kuchaymoqda.

2011 yilda Stiv Jobs kompaniyani tark etganidan beri Apple rahbariyatida deyarli hech qanday katta oʻzgarish boʻlmagan. Shunga qaramay, janob Kukning kutilatayotgan isteʼfosi kompaniya ichida sezilarli oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkinligi aytilayotgani qayd etilgan.

Rasmiy vorislik rejasi haqida hozircha maʼlumot berilmagan, biroq kompaniya ichida bir nechta nomzodlar allaqachon potensial CEO sifatida tilga olinmoqda.

Uzoq vaqt davomida bu lavozimga eng asosiy daʼvogar sifatida Apple’ning bosh operatsion direktori Jeff Uilyams qaralgan edi. U 10 yil davomida Tim Kukning eng yaqin oʻrinbosari boʻlib ishlagan hamda Apple Watch’ning muvaffaqiyatli chiqishida muhim rol oʻynagan. 62 yoshli Uilyams tabiiy oʻrinbosar sifatida koʻrilgan boʻlsa-da, iyul oyida u oʻz lavozimini tark etishini va kelasi yili kompaniyani butunlay tark etishini maʼlum qilgan.

Shundan soʻng, Apple’ning keyingi rahbari kim boʻlishi mumkinligi haqidagi taxminlar yanada kuchaydi.

Bloomberg’ning Apple boʻyicha eng ishonchli manbalaridan biri, jurnalist Mark Gurman maʼlumotiga koʻra, bosh direktor lavozimiga eng yaqin nomzod — kompaniyaning apparat muhandisligi boʻyicha katta vitse-prezidenti Jon Ternusdir.

Ternus 2001 yildan beri Apple muhandislik jamoasida faoliyat yuritib keladi. U kompaniyaning eng muhim mahsulotlari — iPhone’ning soʻnggi avlodlari va AirPods kabi dunyo boʻylab muvaffaqiyat qozongan qurilmalar yaratilishida bevosita ishtirok etgan. 2013 yilda vitse-prezident lavozimiga koʻtarilgan Ternus, shuningdek, Apple’ning oʻz chiplarini ishlab chiqish jarayonida ham asosiy rol oʻynagan.

Hozirda 50 yoshda boʻlgan Jon Ternus aynan shu yoshda Tim Kuk rahbarlikka tayinlangan paytdagi holatni eslatadi. Shu bois, koʻplab tahlilchilar uni Apple’ning kelgusi oʻn yillikdagi izchil rivojlanishini taʼminlay oladigan eng muqobil nomzod sifatida koʻrishmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+