12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

5 кун аввал
Work&life

TikTok yaratuvchisi Chjan Imin Xitoyning eng boy odami deb topildi

Shuningdek, u 57,5 milliard dollarlik boyligi bilan Hindistonlik Mukesh Ambani va Gautam Adanidan keyin Osiyodagi uchinchi eng boy insonga aylandi.

TikTok yaratuvchisi Chjan Imin Xitoyning eng boy odami deb topildi
Foto: AI / Pinkod.uz

TikTok ilovasining egasi boʻlgan ByteDance kompaniyasi asoschisi, 41 yoshli Chjan Imin Xitoyning eng boy odami sifatida tan olindi

Uning umumiy boyligi 57,5 milliard dollarga yetib, u avvalgi yetakchilar — shisha suv sanoati tadbirkori Chjun Shanshan  va Tencent Holdings hammuassisi Poni Mani ortda qoldirdi.

Bloomberg Milliarderlar Indeksiga koʻra, Chjan hozirda Osiyoda uchinchi eng boy inson boʻlib, faqat hindistonlik Mukesh Ambani va Gautam Adani undan oldinda turibdi. Uning boyligi soʻnggi vaqtlarda 10 milliard dollarga oshdi. Bunga BlackRock, Fidelity Investments va T. Rowe Price Group kabi investorlarning ByteDance’ni 365 milliard dollarga baholagani sabab boʻldi.

ByteDance’ning TikTok ilovasi AQSh hukumati tomonidan taqiqlanish xavfi ostida qolgan. Donald Tramp kompaniyaga 5 aprelgacha vaqt bergan, shu muddat ichida ByteDance AQShdagi operatsiyalarini sotishi yoki taqiq bilan yuzlashishi kerak. Bloomberg xabariga koʻra, Oracle (yirik bulutli texnologiya kompaniyasi) TIkTok’ning AQShdagi boʻlimini sotib olish boʻyicha taklifni koʻrib chiqmoqda.

Xalqaro miqyosda Tesla bosh direktori Ilon Mask hali ham 336 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy inson hisoblanadi. Undan keyingi oʻrinni Amazon asoschisi Jeff Bezos $222 mlrdlik boylik bilan egallagan.  Kuchli uchlikni Mark Sukerberg yakunlab bergan($213 mlrd).


Eslatib oʻtamiz, TikTok ijtimoiy tarmogʻi hozirda Oʻzbekiston hududida bloklangan. Shunga qaramasdan, kompaniya 2024 yilda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompa ichida top 10 soliq toʻlovchi qatoriga kirgan.

Kompaniya ushbu davrda jami 7,4 milliard soʻmlik savdo aylanmasini amalga oshirib, 903 million soʻm soliq toʻlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+