11 987.160 so‘m

increase

13.680

13 393.250 so‘m

decrease

-43.390

146.290 so‘m

decrease

-0.300

11 987.160 so‘m

increase

13.680

Yaqin 3 soat ichida
Bozor
20

The New York Times Letterboxd’ni 330 mln dollarga sotib olmoqchi

AQShning The New York Times media kompaniyasi filmlar haqida sharhlar yozish va baholashga moʻljallangan Letterboxd platformasini sotib olish boʻyicha eksklyuziv muzokaralar olib bormoqda. Bitim qiymati 330 mln dollarga baholanmoqda, biroq tomonlar hozircha yakuniy kelishuvga erishmagan.

The New York Times Letterboxd’ni 330 mln dollarga sotib olmoqchi

Reuters xabariga koʻra, The New York Times Company Letterboxd’ni xarid qilish uchun asosiy nomzodga aylangan. Ilgari platformani sotib olishga A24 va Sony Pictures ham qiziqish bildirgan. Biroq narx oshishi ortidan A24 muzokaralardan chiqqan.

2011 yilda Yangi Zelandiyada tashkil etilgan Letterboxd foydalanuvchilarga filmlarni baholash, sharhlar yozish, tomosha qilingan kartinalar roʻyxatini yuritish va boshqa kino ixlosmandlari bilan fikr almashish imkonini beradi. Platforma auditoriyasi 30 mln kishidan oshgan.

Kutilayotgan bitim qiymati 330 mln dollar boʻlib, bu 2023 yildagi 50–60 mln dollarlik bahosidan 5,5–6,6 baravar yuqori.

Letterboxd’ning 2026 yildagi foizlar, soliqlar va amortizatsiyadan oldingi foydasi (EBITDA) taxminan 15 mln dollar boʻlishi kutilmoqda. Demak, taklif qilinayotgan xarid narxi ushbu koʻrsatkichdan 22 baravar yuqori.

Hozirda Letterboxd’ning 60 foizi Kanadaning Tiny kompaniyasiga, qolgan 40 foizi esa asoschilar Matthew Buchanan va Karl von Randow’ga tegishli. Ehtimoliy kelishuvga koʻra, asoschilar platformani boshqarishda davom etishi, Letterboxd esa mustaqil xizmat sifatida saqlanib qolishi mumkin.

The New York Times uchun bu yangiliklar biznesidan tashqaridagi navbatdagi yirik xarid boʻladi. Kompaniya avvalroq The Athletic sport nashrini 550 mln dollarga sotib olgan, shuningdek, Wirecutter va Wordle’ni ham oʻz tarkibiga qoʻshgan.

9 noyabr holatiga koʻra, xarid yakunlangani tasdiqlanmagan. Muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugashi ham mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+