12 228.580 so‘m

increase

20.500

14 282.980 so‘m

increase

166.780

155.960 so‘m

increase

0.960

12 228.580 so‘m

increase

20.500

6 soat avval
Bozor
37

The New York Times Bitcoin asoschisini fosh qilganini daʼvo qilmoqda. Aslidachi?

New York Times Bitcoin ixtirochisi britaniyalik kriptograf Adam Bek ekanligini daʼvo qilmoqda. Bunga asos qilib matnlardagi oʻxshashliklar va qator tasodiflar keltirilgan. Lekin Adam Bekning oʻzi buni “shunchaki xato” demoqda. OAV ilgari ham koʻp marta soxta “Satoshi”larni topganini hisobga olsak, aslida bu safargi vaziyat qanday?

The New York Times Bitcoin asoschisini fosh qilganini daʼvo qilmoqda. Aslidachi?
Foto: AI/Pinkod.uz

New York Times nashri bir yillik tadqiqotlardan soʻng Bitcoinʼning haqiqiy ixtirochisi kimligini aniqlaganini daʼvo qilmoqda

Nashrga koʻra u britaniyalik kriptograf Adam Bek. Biroq 55 yoshli mutaxassis buni qatʼiyan rad etib, xato deb atadi. Bu kimningdir ochiqchasiga Satoshi Nakamoto sifatida koʻrsatilishi bilan bogʻliq birinchi holat emas. 

New York Timesʼning daʼvosi

Theranos mojarosi atrofidagi fosh qiluvchi maqolalari bilan tanilgan jurnalist Jon Karreyru bir yildan ortiq vaqt davomida Satoshi Nakamotoning maʼlum boʻlgan yozishmalarini, shuningdek, 1992 yildan 2008 yilgacha faol boʻlgan uchta kriptografiya pochta roʻyxatidagi minglab xabarlarni tahlil qildi. Natijada 620 nomzodga tegishli 134 308 ta xabardan iborat maʼlumotlar bazasi yaratildi.

Yozuv uslubining uchta mustaqil tahlili Adam Bek stilistik jihatdan Satoshi Nakamotoga eng oʻxshash nomzod ekanini koʻrsatdi. Tahlillardan birida Satoshining matnlarida soʻzlarni chiziqcha (defis) bilan yozishdagi 325 xil xato aniqlangan. Bek ham ulardan 67 tasiga yoʻl qoʻygan; unga eng yaqin ikkinchi nomzod esa atigi 38 ta shunday xatoga yoʻl qoʻygan.

Bundan tashqari, gazeta yana bir qiziq holatni aniqladi. Adam Bek hali Bitcoin haqida hech kim bilmaydigan vaqtlarda (1997-1999 yillarda) forumlarda Bitcoinʼga oʻxshash tizimni batafsil tasvirlab bergan. Shuningdek, 2008 yilning oxirida Satoshi Nakamoto Bitcoinʼni eʼlon qilganda, Adam Bek forumlarda yozmay qoʻygan. Va aksincha, Satoshi gʻoyib boʻlganidan soʻnggina (2011 yilda) Bek yana Bitcoin haqida ochiq gapira boshlagan.

Adam Back buni inkor etmoqda

Back bu gaplar yolgʻon ekanini aytdi va X (sobiq Twitter) tarmogʻida shunday yozdi:

“Men Satoshi emasman. Lekin men boshidan elektron pullar va internetdagi maxfiylik loyihalariga qiziqib, ularda qatnashganman”.

Matnlardagi oʻxshashliklarni u oddiy holat deb tushuntirdi. "Bularning hammasi shunchaki tasodif. Bir sohada ishlaydigan va qiziqishlari bir xil boʻlgan odamlar koʻpincha bir xil soʻz va iboralarni ishlatishadi", deydi u.

Lekin u oʻz gapini isbotlashi mumkin boʻlgan elektron pochta maʼlumotlarini jurnalistlarga berishni xohlamadi. Boyligi haqida esa hazillashib: “2009 yilda erinmasdan Bitcoin qazib olmaganimdan afsusdaman”, deb qoʻydi.

Nima uchun bu savol shunchalik muhim?

Satoshi Nakamoto kimligini bilish qiziqishdan tashqari, katta pul masalasi hamdir. Haqiqiy Satoshining hamyonida 1 milliondan ortiq Bitcoin bor (bu hozirgi pulda taxminan 70-78 milliard dollar degani). Yaʼni, u dunyodagi eng boy odamlardan biri hisoblanadi.

Agar Adam Back haqiqatan ham Satoshi boʻlsa, buning qonuniy javobgarligi ham bor. Chunki hozirda u juda katta Bitcoin zaxirasiga ega boʻlgan korporatsiyaning rahbari hisoblanadi. AQSh qonunlariga koʻra, bunday muhim maʼlumot (agar u Satoshi boʻlsa) investorlardan sir tutilmasligi kerak.

Bu birinchi holat emas

Ilgari ham bir necha marta turli odamlarni “Satoshi Nakamoto” deb eʼlon qilishgan, lekin bularning hech biri isbotini topmagan:

  • 2024 yilda HBO kanali kanadalik Piter Toddni Satoshi deb aytdi, lekin u ham buni rad etdi.
  • Adam Bekning oʻzini ham avvalroq bir necha marta asoschi deyishgan.
  • Hal Finney kabi boshqa mashhur dasturchilar ham yillar davomida shubha ostida boʻlishgan.

Xullas, to haqiqiy asoschi oʻzining eski hamyonidan elektron raqamli imzosini koʻrsatmagunicha, Bitcoin ixtirochisi kimligi sir boʻlib qolaveradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+