12 099.180 so‘m

decrease

-32.370

14 134.260 so‘m

increase

9.500

153.820 so‘m

increase

0.280

12 099.180 so‘m

decrease

-32.370

4 soat avval
Bank
56

Tenge bank va Mybank’ning 2025 yilgi sof foydasi maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston banklari 2025 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotlarni eʼlon qila boshladi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Tenge bank 54,9 mlrd soʻm, Mybank esa 8,9 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi.

Tenge bank va Mybank’ning 2025 yilgi sof foydasi maʼlum boʻldi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekiston banklari 2025 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotlarni eʼlon qila boshladi. Sof foydasini birinchi boʻlib oshkor etgan banklar qatorida Tenge bank va Mybank bor.

Tenge bank – 54,9 mlrd soʻm

2025 yilning toʻrtinchi choragida Tenge bank 54 mlrd 856 mln soʻm sof foyda qayd etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 51,6 foizga yoki 18,7 mlrd soʻmga oshgan.

Hisobot davrida bankning jami foizsiz daromadlari 841,5 mlrd soʻmni tashkil etdi. Foizli daromadlar hajmi esa 508,3 mlrd soʻmga yetdi.

Shuningdek, bank xodimlarining ish haqi va boshqa xarajatlariga 195,6 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan. Davlat byudjetiga toʻlangan daromad soligʻi miqdori 32,9 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Mybank – 8,9 mlrd soʻm

2025 yilning yanvar–dekabr oylarida Madad Invest Bank (Mybank) sof foydasi 8,9 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 27,2 foizga yoki 1,9 mlrd soʻmga koʻpdir.

Mazkur davrda bankning foizli daromadlari 88,1 mlrd soʻmga yetgan boʻlsa, foizsiz daromadlar 31,7 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Bank tomonidan xodimlar ish haqi va boshqa xarajatlarga 29,1 mlrd soʻm sarflangan. Davlat byudjetiga toʻlangan soliqlar hajmi esa 3,2 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+