12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

08-mart, 10:50
Texnologiya

Telegram’da yangilanish: yulduzli xabarlar, Gateway 2.0 va yangi qulayliklar

Endilikda foydalanuvchilar kontaktlaridan tashqaridagi kishilardan xabar olish uchun toʻlov belgilashi, Telegram Premium’ni yulduzlar orqali sotib olishi va boshqa yangi funksiyalardan foydalanishi mumkin.

Telegram’da yangilanish: yulduzli xabarlar, Gateway 2.0 va yangi qulayliklar
Foto: Telegram.org

Telegram oʻzining navbatdagi yangilanishini taqdim qildi. Yangi versiya foydalanuvchilarga, kontaktlardan tashqari xabarlar uchun toʻlov, Telegram yulduzlarini Premium’ga aylantirish, yulduzlarni yechib olish, profilga hadyalar qadash, Android uchun Chromecast qoʻllovi va tejamkor tasdiqlash imkoniyatlarini taqdim etadi.

Yulduzli xabarlar

Endilikda kontaktlardan tashqaridagi foydalanuvchilardan keladigan xabarlar uchun toʻlov belgilash mumkin.

Bu kiruvchi xabarlarni nazorat qilishga, keraksiz xabarlarni filtrlashga va ortiqcha yuklanishning oldini olishga yordam beradi. Notanish foydalanuvchilardan keladigan xabarlarni cheklash, spamdan himoyalanish va faqat mazmunli muloqotga yoʻl ochish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, bu funksiya guruh chatlari va kanal muhokamalari uchun ham amal qiladi, bu esa muloqotni tartibli saqlash va monetizatsiya imkoniyatidan foydalanishga yordam beradi.

Yulduzli xabarlarni yoqish:

Shaxsiy chatlarda: Telegram Premium’ga ega ekaningizga ishonch hosil qiling, keyin Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Xabarlar rukniga kiring
Guruhlarda: Ruxsatlar ruknida “Xabarlar uchun yulduzlarda haq olish” bandini yoqing

Kontaktni tasdiqlash

Endilikda kontaktlardan tashqaridagi foydalanuvchi sizga birinchi marta xabar yuborganda, uning haqida batafsil maʼlumot beruvchi maxsus sahifa paydo boʻladi.

Bu orqali javob berishdan oldin firibgarlik holatlarini aniqlash, oʻzini boshqa shaxs sifatida koʻrsatuvchilardan qochish va suhbatdosh haqida tasdiqlangan maʼlumot olish mumkin.

Mazkur sahifa quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:

  • Foydalanuvchining mamlakati (telefon raqami asosida)
  • Siz bilan umumiy guruhlari
  • Telegram’ga qachon qoʻshilgani — yangi akkauntlarni aniqlash imkoniyati
  • Foydalanuvchi nomi yoki profil rasmining oxirgi marta qachon yangilangani — toʻsatdan oʻzgarishlarni kuzatish usuli
  • Hisobning rasmiyligi, uchinchi tomon tomonidan tasdiqlangani yoki oddiy foydalanuvchi ekanini koʻrsatuvchi belgilar

Telegram Premium’ni yulduzlar orqali sotib olish

Endilikda Telegram yulduzlaridan foydalanib, Premium imtiyozlarga ega boʻlish mumkin. Balans orqali qoʻshimcha xarajatlarsiz Telegram Premium'ga obuna boʻlish yoki uni sovgʻa qilish imkoniyati yaratildi.

Yulduzlarni Fragment orqali yechib olish

Yulduzlarni Fragment orqali yechib olish

Yulduzli xabarlar orqali Telegram yulduzlarni ishlab topgan foydalanuvchilar va guruhlar ularni Fragment orqali yechib olib, qimmatli mukofotlarga aylantirishi mumkin. Ushbu mukofotlar Telegram Ads, TON blokcheynidagi kolleksiya buyumlari va boshqa xaridlar uchun darhol ishlatilishi mumkin.

Profilda hadʼyalarni qadash

Sevimli hadʼyangizni taqishdan tashqari, endi yana 6 ta hadʼyani ham hadʼyalar sahifasida, ham profil muqovasida namoyish etish uchun qadashingiz mumkin.

Android qurilmada Chromecast’ga striming qilish

Android qurilmada Chromecastʼga striming qilish

Android qurilmalarida videolarni bevosita Chromecast'ga striming qilish imkoniyati yaratildi. Bu orqali videolarni katta ekranda tomosha qilish, memlar ulashish yoki muhim taqdimotlarni namoyish etish yanada qulay boʻladi.

Foydalanuvchilarni tasdiqlashda tejamkorlik

Telegram Gateway – foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish uchun arzon va maxfiy yechim boʻlib, bizneslarga telefon raqamlarini anʼanaviy SMS xarajatlariga nisbatan ancha kamroq toʻlov evaziga tasdiqlash imkonini beradi.

Telegram’ning tasdiqlash xizmati avvaldan 9 marta arzonroq edi, endilikda esa yana 20% tejamkorroq. Yangi funksiya bilan kod belgilangan vaqt ichida yetkazilmasa, uning toʻlovi avtomatik ravishda qaytariladi.

Boshqa platformalarda SMS tasdiqlash $0,50 yoki undan koʻproq boʻlishi mumkin, Telegram Gateway esa atigi $0,01 evaziga xizmat koʻrsatadi. Xizmat sinov tarzida bepul boʻlib, startaplar uchun ortiqcha xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+