12 855.930 so‘m

increase

11.930

13 570.720 so‘m

increase

20.300

128.160 so‘m

decrease

-0.140

12 855.930 so‘m

increase

11.930

25-sentabr, 14:16
Texnologiya

Telegram foydalanuvchilarning telefon raqami va IP manzilini maxsus xizmatlarga oshkor qilishi mumkin

Messenjerning maxfiylik siyosatida roʻy bergan oʻzgarishlarni tahlil qilib chiqamiz.

Telegram foydalanuvchilarning telefon raqami va IP manzilini maxsus xizmatlarga oshkor qilishi mumkin

Telegram asoschisi Pavel Durov qoidalarni buzgan foydalanuvchilarning telefon raqami va IP manzilini qonuniy talab bilan chiqqan tegishli organlarga oshkor qilishini eʼlon qildi. Messenjerning maxfiylik siyosatida roʻy bergan oʻzgarishlarni tahlil qilib chiqamiz.

Birinchidan, terrorizm. Ilgari messenjer foydalanuvchining telefon raqami va IP manzilini, agar u terrorizm ishi boʻyicha tasdiqlangan gumondor boʻlsagina, oshkor qilishga rozi boʻlgan. Endilikda esa jinoiy ishda, noqonuniy faoliyatda gumon qilinayotgan va shu bilan birga Telegram foydalanuvchisi shartnomasini buzgan foydalanuvchilarga oid maʼlumotlarni “vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarining rasmiy soʻrovi” asosida oshkor qiladi.

Ikkinchidan, noqonuniy pornografik kontentni joylashtirish, spam yuborish, foydalanuvchilarni aldash va zoʻravonlikka undashdan tashqari, Telegram endi “aksariyat mamlakatlarda noqonuniy deb topilgan faoliyat bilan shugʻullanishni” ham nazorat qiladi. Ushbu bandda bolalarga nisbatan zoʻravonlik, giyohvand moddalar, qurollar, soxta hujjatlar roʻyxati keltirilgan.

Uchinchidan, yuqorida keltirilgan “noqonuniy tovarlar va xizmatlar”ning yangi roʻyxati toʻliq emas. Telegram mazkur roʻyxat bilan cheklanmaydi va boshqa turdagi qoidabuzarliklar haqidagi maʼlumotlar uchun ham maʼlumotlarni tegishli organlarga oshkor qilishi mumkin.

Shuningdek, Telegram’ning maxfiylik siyosatidan “messenjer hech qachon foydalanuvchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini rasmiylarga oshkor qilmasligi” haqidagi band olib tashlandi.

Bundan tashqari, Telegram qoidalarni buzgan foydalanuvchilarning telefon raqamlari va IP manzillari maxsus xizmatlarga taqdim etsa, bu haqidagi hisobotlarni har chorakda ochiqlashi maʼlum qilingan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2024 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+