12 586.410 so‘m

increase

54.630

14 758.820 so‘m

increase

220.700

160.420 so‘m

increase

0.600

12 586.410 so‘m

increase

54.630

1 kun avval
Bozor

Telegram foydalanuvchilari NFT stikerlar xaridiga qariyb $10 million sarfladi

Telegram’ning TON blokcheyni bilan integratsiyasi ortidan NFT stikerlarga boʻlgan talab keskin oshdi. Oxirgi oylarda oʻnlab loyihalar oʻz kolleksiyasini taqdim etdi va foydalanuvchilar tomonidan umumiy hisobda qariyb $10 millionlik stikerlar sotib olindi.

Telegram foydalanuvchilari NFT stikerlar xaridiga qariyb $10 million sarfladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Telegram NFT stikerlar bozoridagi umumiy savdo hajmi qariyb $10 mlnga yetdi. Bu haqda Inside Bitcoin nashri xabar berdi

Telegram stikerlari NFT (nofungible token) loyihalari orasida foydalanuvchilarni jalb qilish va jamoalarni shakllantirishning yangi usuli sifatida keng ommalashmoqda. 

Stikerlarga boʻlgan qiziqish Telegramʼdagi stikerlardan keng foydalanish va platformaning yaqinda TON blokcheyni bilan integratsiyalashuvi orqali NFT yaratishga imkon berishi bilan bogʻliq.

Joriy yil boshida taqdim etilgan Telegram NFT stikerlari bu raqamli stikerlar boʻlib, ular “nofungible token” sifatida tokenlashtirilgan, yaʼni har bir stiker yagona boʻlib, unga egalik qilinishi, savdo qilinishi va boshqa NFT bozorlarda sotilishi mumkin. NFT’lar oddiy raqamli tasvirlardan farqli oʻlaroq, noyob raqamli aktivga egalikni isbotlovchi vosita hisoblanadi.

NFT kompaniyalari stikerlar orqali millionlab daromad olmoqda

NFT stikerlar gʻoyasi hali nisbatan yangi boʻlishiga qaramay, baʼzi NFT loyihalari stikerlarni tokenlashtirib sotish orqali katta daromad topmoqda. Bu ayniqsa oʻyin va xabar almashish ilovalari sohasida yaqqol koʻzga tashlanadi — bu yerda NFT stikerlar kolleksiya uchun yangi oʻlcham va raqamli yaratuvchilar hamda jamoalar uchun monetizatsiya imkoniyatlarini ochib bermoqda.

Koʻplab NFT loyihalari TON blokcheyni asosida oʻz NFT stiker kolleksiyasini ishga tushirmoqda. Yaqinda, mashhur Yuga Labs kompaniyasi 5,555 ta NFT stikerlardan iborat cheklangan kolleksiyani taqdim etdi. Kompaniya 5,555 dona stikerdan iborat NFT kolleksiyasini chiqardi va ushbu stikerlar orqali taxminan 500 ming dollarlik savdo amalga oshirildi.

Image

Bundan tashqari, koʻpchilikka tap to earn loyihasi orqali tanish boʻlgan Dogs stikerlari qariyb 1,9 mlnlik savdo hajmini koʻrsatgan. 

Shuningdek, Doodles nomi bilan tanilgan mashhur NFT kolleksiyasining mualliflari ham 18 iyun kuni TON blokcheyni asosida 3,333 ta stikerdan iborat NFT kolleksiyasini chiqardi. Dune.com saytiga koʻra, ushbu Doodles NFT loyihasi stiker sotuvidan 490,618 dollar daromad olgan.

Qayd etish joizki, mazkur kolleksiyalar 24 soatdan kamroq vaqt ichida toʻliq sotib boʻlingan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+