12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

20-mart, 11:11
Texnologiya

Telegram doimiy foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetdi

Telegram asoschisi Pavel Durovning soʻzlariga koʻra, kompaniya 2024 yilda $547 million foyda koʻrgan. 

Foydalanuvchilar esa messenjerdan kuniga oʻrtacha 21 marta foydalanib, unda 41 daqiqa vaqt oʻtkazmoqda.

Shuningdek, Durov WhatsApp’ni Telegram’ning arzon nusxasi deb atab, raqib platformani innovatsiyalarni nusxalash va kompaniyaning rivojlanishiga toʻsqinlik qilishga urinishda aybladi.

Telegram doimiy foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Dunyoning eng tez rivojlanayotgan messenjerlaridan biri Telegram oʻz tarixidagi eng katta marralardan birini zabt etdi – kompaniyaning oylik faol foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetdi. Bu haqda Telegram asoschisi va bosh direktori Pavel Durov oʻzining shaxsiy Telegram kanalida eʼlon qildi.

Durovning soʻzlariga koʻra, kompaniya 2024 yilda 547 million dollar sof foyda koʻrgan. Foydalanuvchilar faolligi ham oshib bormoqda. Oʻrtacha har bir foydalanuvchi kuniga Telegram’ni 21 marta ochib, ilovada 41 daqiqa vaqt oʻtkazmoqda.

Shu bilan birga, u Meta kompaniyasiga tegishli WhatsApp’ni keskin tanqid qilib, uni "arzon va siyqasi chiqqan nusxa" deb atadi.

Oldimizda WhatsApp turibdi — Telegram’ning arzon, siyqasi chiqqan nusxasi. Yillar davomida ular bizni sekinlashtirish maqsadida lobbizm va PR-kampaniyalarga milliardlab dollar sarflab, innovatsiyalarimizni koʻchirib olishga jon-jahdlari bilan urinishdi. Biroq, buning uddasidan chiqisholmadi. Telegram rivojlandi, daromad keltira boshladi va — raqibimizdan farqli oʻlaroq — oʻz mustaqilligini saqlab qoldi.

Mazkur bayonotlar Pavel Durov uzoq vaqt chet elda qolganidan soʻng Dubayga qaytishiga ruxsat berilganidan keyin yangradi.

2024 yil avgust oyida u shaxsiy samolyoti bilan Parijga qoʻnganida Fransiya hukumati tomonidan hibsga olingan edi. Fransuz rasmiylari unga Telegram’da noqonuniy kontent tarqatilishida ishtirok etish ayblovlarini qoʻydi. U 5,6 million dollar garov evaziga ozodlikka chiqarildi va bu ayblovlarni qatʼiyan rad etdi.

Dastlab Durovga Fransiyani tark etish taqiqlangan edi, ammo Parij prokuraturasi 15 martdan 7 aprelgacha vaqtincha cheklovlarni bekor qildi, natijada u yana sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻldi. Hozircha uning sud jarayoni va keyingi taqdiriga oid qoʻshimcha tafsilotlar ochiqlanmagan.


Telegram oʻz ekotizimini yanada kengaytirish maqsadida Ton blockchain texnologiyasini integratsiya qilib kelmoqda. Ushbu blockchain orqali platforma foydalanuvchilarga tap-to-earn oʻyinlar, jumladan, Notcoin va Dogs kabi loyihalarni taqdim etdi. 

Messenjer shuningdek, oʻzining ichki valyutasi – Telegram Stars tizimini ham joriy qilgan. Ushbu raqamli aktiv yordamida ilovalarda toʻlovlarni amalga oshirish, Telegram Premium obunasini xarid qilish va hatto xabar yozishni pulli qilish kabi imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+