12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

3 kun avval
Bank

TBC Bank Uzbekistan va Payme boshqaruvi yangi tashkil etilayotgan kompaniyaga oʻtkaziladi

TBC Bank Group PLC Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) hamda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) bilan kelishuvga erishib, Oʻzbekistondagi bizneslarini yagona boshqaruv ostida birlashtirmoqda.

Natijada, TBC Bank Uzbekistan va Payme TBC Digital nomli yangi boshqaruv kompaniyasi tarkibiga oʻtkaziladi.

TBC Bank Uzbekistan va Payme boshqaruvi yangi tashkil etilayotgan kompaniyaga oʻtkaziladi

TBC Bank Group PLC (TBC PLC) Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) hamda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv natijasida TBC’ning Oʻzbekistondagi bizneslari TBC Digital nomli yagona boshqaruv kompaniyasi ostida birlashtiriladi. Yangi tuzilmaning bosh direktori Nika Kurdiani boʻladi.

TBC Digital – Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan yangi boshqaruv kompaniyasi boʻlib, u TBC Bank Uzbekistan va toʻlov ilovasi Payme’ni oʻz ichiga oladi.

2021 yilda YeTTB va XMK TBC Bank Uzbekistan’ning 20% aksiyalarini sotib olgan boʻlsa, TBC Group ulushi 60% ni tashkil etgan. Yangi aksiyadorlik kelishuvi doirasida direktorlar kengashi va aksiyadorlarning vakolatlari qayta belgilab beriladi. Shuningdek, YeTTB va XMK oʻz ulushlarini TBC Bank’ga sotish, TBC Bank esa ularni sotib olish huquqiga ega boʻladi.

Yangi boshqaruv tizimi doirasida TBC PLC, YeTTB va XMK TBC Digital’ni TBC Bank Uzbekistan va Payme’ning yagona egasiga aylantirishga kelishib oldi. Ulushlar quyidagicha taqsimlanadi:

  • TBC PLC – 79,7%
  • YeTTB va XMK – har biri 10,15%

Avvalgi TBC Uzbekistan boshqaruv tizimi bekor qilinib, yangi tuzilma asosida boshqaruv qayta tashkil etiladi. Ular oʻrtasida yangi aksiyadorlik kelishuvi ham imzolanadi.

Moliyaviy jihatdan, YeTTB va XMK besh yildan soʻng oʻz ulushlarini TBC PLC ga sotish huquqiga ega boʻladi. Hisob-kitob esa yangi TBC PLC aksiyalarining emissiyasi yoki pul mablagʻlari orqali amalga oshiriladi. Sakkiz yil oʻtgach, TBC PLC hamkorlarning TBC Digital’dagi ulushlarini pul mablagʻlari evaziga sotib olish huquqiga ega boʻladi.

TBC Bank Group bosh direktori Vaxtang Butsxrikidze ushbu oʻzgarishlarga izoh berar ekan, TBC Digital boshqaruv kompaniyasining yaratilishi qoʻshimcha sinergiya imkoniyatlarini ochishi, boshqaruv standartlarini oshirishi va aksiyadorlar uchun qiymatni oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+