11 772.950 so‘m

decrease

-35.810

13 224.550 so‘m

decrease

-179.570

141.140 so‘m

decrease

-1.020

11 772.950 so‘m

decrease

-35.810

11 soat avval
Bank
101

“Tayanch Mikromoliya Banki” boshqaruv raisi Zohid Alimov lavozimidan ozod qilindi

“Tayanch Mikromoliya Banki” boshqaruv raisi Zohid Alimovning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Uning oʻrniga bank boshqaruvi aʼzosi Shohrux Yusufzoda boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Alimov bank rahbarligiga joriy yil mart oxirida saylangan edi.

“Tayanch Mikromoliya Banki” boshqaruv raisi Zohid Alimov lavozimidan ozod qilindi

“Tayanch Mikromoliya Banki” AJ Kuzatuv kengashi 30 sentabr kuni Zohid Zakirjanovich Alimovni boshqaruv raisi lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Hujjatga koʻra, Alimovning boshqaruv raisi sifatidagi vakolatlari tugatilgan. Bank boshqaruviga vaqtincha rahbarlik qilish esa Shohrux Nozimovich Yusufzodaga yuklatilgan.

Shohrux Yusufzoda bunga qadar bank boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Zohid Alimov “Tayanch Mikromoliya Banki” boshqaruv raisi etib 28 mart kuni aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida saylangan edi. Shu tariqa, uning bank rahbari sifatidagi vakolatlari tayinlanganidan qariyb olti oy oʻtib tugatildi.

Alimov bank sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega. U 2006–2019 yillarda “Kapitalbank” tizimida turli lavozimlarda, jumladan, boshqaruv raisi maslahatchisi, amaliyot boʻlimi boshligʻi va Sergeli filiali boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2020–2022 yillarda esa Anorbank boshqaruvi raisi oʻrinbosari boʻlgan.

2023 yilda Alimov oʻsha yili tashkil etilgan Hayot Bank’ning ilk boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritgan, 2024 yilda esa bank Kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlgan.

Bundan tashqari, Alimov mikromoliya sektorida ham oʻz biznesiga ega. U sobiq “Kapitalbank” rahbari Sherzod Karimbayev bilan birgalikda “Olmos Finance” MChJning 50 foizlik ulushiga egalik qiladi. Kompaniya 2026 yil fevralida Markaziy bank tomonidan mikromoliya tashkilotlari reyestriga kiritilgan.

“Tayanch Mikromoliya Banki” Oʻzbekistondagi birinchi mikromoliya banki hisoblanadi. Markaziy bank 2025 yil 24 oktabrda “Tayyab Finance Mikromoliya Tashkiloti” AJga mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya bergan va tashkilot “TAYANCH” mikromoliya bankiga aylantirilgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+