12 190.570 so‘m

increase

18.390

14 303.200 so‘m

decrease

-53.890

157.480 so‘m

increase

0.030

12 190.570 so‘m

increase

18.390

29-dekabr, 2025
Bank
200

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Infinbank’dagi ulushini 23 foizgacha oshirdi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Invest Finance Bank(Infinbank) aksiyalarini bosqichma-bosqich sotib olib, oktabrdagi 15 foizlik ulushini yil oxiriga kelib 23 foizgacha oshirdi.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Infinbank’dagi ulushini 23 foizgacha oshirdi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Infinbank ustav kapitalidagi ulushini 23 foizgacha yetkazdi. Bu haqda Korporativ maʼlumotlar yagona portalida eʼlon qilingan maʼlumotlarda keltirilgan.

Maʼlum qilinishicha, 29 dekabr kuni jamiyatning 10 foizdan ortiq ulushga ega aksiyadorlari roʻyxatida oʻzgarishlar qayd etilgan. Natijada “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning Infinbankʼdagi ulushi 23 foizni tashkil etgan.

Kompaniyaning Infinbank ustav kapitaliga kirishi 2025 yil oktabr oyida amalga oshirilgan boʻlib, dastlab 15 foiz aksiya sotib olingan. Keyinchalik ushbu ulush 19 foizgacha oshirilgan. Dekabr oyiga kelib esa kompaniyaning bankdagi ulushi 23 foizga yetdi.

Ayni paytda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ quyidagi tashkilotlarda 10 foizdan ortiq ulushga egalik qiladi:

  • “Xamroh” ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi MChJ — 100 foiz
  • “UZAGROSTAR HOLDING” — 100 foiz
  • “OLIS OSMON” MChJ — 21 foiz
  • TRK Invest MChJ — 100 foiz
  • “Biznes Kafolatlari MChJ” — 100 foiz
  • Infinbank AJ — 23 foiz

Maʼlumot uchun, 2023 yil 10 noyabrda qabul qilingan “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga muvofiq, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” sifatida qayta tashkil etilgan. Kompaniyaning taʼsischisi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+