12 025.220 so‘m

increase

34.690

13 969.700 so‘m

increase

10.320

149.360 so‘m

decrease

-1.350

12 025.220 so‘m

increase

34.690

3 kun avval
Bank
114

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ InfinBank aksiyadoriga aylandi

Oʻzbekistondagi xususiy tijorat banklaridan biri hisoblangan Invest Finance Bank (InfinBank) AJning 15% aksiyalarini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” sotib oldi.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ InfinBank aksiyadoriga aylandi

Korporativ axborot yagona portalidan maʼlum boʻlishicha, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Invest Finance Bank (InfinBank) AJning 15% aksiyalarini sotib olgan.

Shuningdek, InfinBank rasmiy veb-saytidagi aksiyadorlar tuzilmasida ham “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bank aksiyadori sifatida koʻrsatilgan.

Shunday qilib, bugungi kunda InfinBank AJning aksiyadorlari quyidagilarni tashkil etmoqda:

  • Mamatdjanov Farxod Faxritdinovich
  • Abdusamadov Parviz Maxsudovich
  • “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
  • “Azia Trans Terminal” MChJ
  • “Prestij Rielt” MChJ QK

Maʼlumot uchun, 2023 yil 10 noyabrdagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” sifatida qayta tashkil etilgan. Kompaniyaning taʼsischisi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+