13 003.950 so‘m

increase

14.880

13 554.020 so‘m

increase

79.160

143.200 so‘m

increase

5.030

13 003.950 so‘m

increase

14.880

17-dekabr, 2024
Texnologiya

Sunʼiy intellekt kelajagini belgilovchi voqelik: Mask Altmanga qarshi

Ilon Mask OpenAI’ni sudga berdi. Eski ittifoqdoshlar qanday qilib raqibga aylandi?

Sunʼiy intellekt kelajagini belgilovchi voqelik: Mask Altmanga qarshi
Foto: sunʼiy intellekt

Bugun texnologiya olamida shunchaki pul yoki kuch uchun emas, balki sunʼiy intellekt (SI)ning kelajakdagi yoʻnalishi uchun kurashayotgan gigantlarning toʻqnashuviga guvoh boʻlyapmiz.

Bir vaqtlar OpenAI asoschilari sifatida ittifoqchi boʻlgan Ilon Mask va Sem Altman hozirda SI kelajagini butunlay oʻzgartirib yuborishi mumkin boʻlgan huquqiy va falsafiy kurash markazida turibdi. Pinkod esa bu voqealar rivojini oʻrganib chiqdi.

Hammasi nimadan boshlandi?

Dastlab Ilon Mask va Sem Altman insoniyatga foyda keltiradigan SI yaratishga bel bogʻlagan edilar, bu esa OpenAI tashkil etilishiga olib keldi. Biroq, 2019 yilda Ilon Mask OpenAI boshqaruvini tark etgach, vaziyat keskin oʻzgardi. Sem Al rahbarligi ostida OpenAI barcha uchun ochiq va notijorat tashkilotdan foyda olishga qaratilgan kompaniyaga aylandi. Bu oʻzgarish Maskni qoniqtirmadi.

Yuridik mojarolar

Avgust oyida Ilon Mask OpenAI va Sem Altman ustidan sudga daʼvo kiritib, tashkilotning dastlabki notijorat maqsadlariga rioya qilmaganlikda aybladi. Maskning yuridik guruhi OpenAI’ning tijorat tashkilotiga aylanishini toʻxtatish uchun AQShning Kaliforniya shtati Oklend shahridagi federal sudga murojaat qildi. Sudya Ivon Gonsales Rojers aralashuvi bilan jarayon boshlandi. Sudda OpenAI’ning tijorat faoliyatiga oʻtish jarayoniga oid shartnomalar va moliyaviy hujjatlar sinchiklab koʻrib chiqilmoqda.

Omma oldidagi qarama-qarshiliklar

Ilon Mask kompaniya nima uchun Open (ochiq) AI deb nomlangani va uning hozirgi holatidan norozi ekanligi haqida. Foto: X

Mask va Al oʻrtasidagi bahslar omma oldida ham davom etmoqda. Ilon Mask X (sobiq Twitter) orqali OpenAI’ning tijoratga yoʻnalishini qoralab, uni “asl missiyasidan chekinish“ deb atadi. Sem Altman esa oʻz blogida OpenAI ilmiy izlanishlari va tijorat faoliyati oʻrtasida nozik muvozanatni saqlash zarurligini taʼkidladi. Mask OpenAI siyosatini tanqid qilsa, Altman bu oʻzgarishni ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy qoʻllab-quvvatlash deb himoya qilmoqda.

Ajablanarlisi shundaki, Mark Sukerbergning Meta kompaniyasi ham bu kurashda Mask tomonida turib, OpenAI’ning tijoriylashuviga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, bu jarayon kompaniyaning notijorat tashkilot sifatida yaratilgan asosiy maqsadlariga zid.

Bu mojaro quyidagi savollarni oʻrtaga chiqaradi:

  1. Sunʼiy intellekt hammaga ochiq boʻlishi kerakmi yoki yirik korporatsiyalar bundan tijoriy maqsadlarda foydalanishi kerakmi?
  2. Agar SI ochiq boʻlmasa, uni kim boshqarishi kerak?

Mazkur savollarning javobi aynan ushbu kurash natijasiga borib taqaladi.

 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+