12 880.000 so‘m

increase

19.910

13 507.260 so‘m

decrease

-8.690

124.010 so‘m

increase

0.370

12 880.000 so‘m

increase

19.910

29-oktabr, 19:52
Soliq

Soliq siyosati: 2025 yilda asosiy soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoldirilmoqda

2025 yil uchun davlat byudjeti hamda soliq siyosati loyihasi eʼlon qilindi.

Soliq siyosati: 2025 yilda asosiy soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoldirilmoqda

29 oktabr kuni Soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati ishtirokida “2025 yildagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va davlat byudjeti parametrlari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. 

Maʼlum qilinishicha, 2025 yilda asosiy soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoldirilmoqda.

  • foyda soligʻi — 15%;
  • qoʻshilgan qiymat soligʻi — 12%;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi — 12%;
  • yuridik shaxslar uchun mol-mulk soligʻi — 1,5%;
  • aylanmadan olinadigan soliq — 4%;
  • qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻi — 0,95%;
  • qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish uchun suv soligʻi — 100 soʻm.

Sogʻlom turmush tarzini yaxshilash va tabiat resurslarini asrash:

  • alkogol va tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi stavkalarini JST talablariga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirilmoqda;
  • barcha shirin ichimliklarga aksiz soligʻi joriy etilmoqda (amalda gazlangan shirin ichimliklarda);
  • suvni isrof qilishni kamaytirish maqsadida avtomobillarni yuvishda foydalaniladigan suv uchun soliq stavkasi qayta koʻrib chiqilmoqda (1 kub metr uchun 15 ming soʻm).

Tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish:

  • JST talablariga asosan tovar va xizmatlar eksporti boʻyicha foyda soligʻi imtiyozi bekor qilinmoqda;
  • iqtisodiyotning barcha tarmoqlari (sanoat, xizmatlar, qurilish va boshqalar) uchun suv soligʻi bir xil belgilanmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2024 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+