12 019.080 so‘m

decrease

-82.760

13 689.730 so‘m

decrease

-122.100

153.870 so‘m

increase

0.120

12 019.080 so‘m

decrease

-82.760

5 soat avval
Soliq
65

Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev 8 yil 2 oyga qamaldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudi Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va yana 8 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqardi. Mirzayev firibgarlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilib, 8 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev 8 yil 2 oyga qamaldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudi Mubin Mirzayev va yana 8 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi.

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Mirzayev firibgarlik, mansab vakolatini juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda suiisteʼmol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topildi.

Unga 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish bilan birga, 8 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ish boʻyicha boshqa sudlanuvchilar shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, soliq va yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish, hujjatlarni qalbakilashtirish hamda boshqa jinoyatlarda aybdor deb topildi.

Ular 5 yildan 9 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, sud yetkazilgan zararlarni undirishni belgiladi.

Tayinlangan jazo muddatlari sudlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllangan kundan boshlab hisoblanadi.


Avvalroq Pinkod Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sobiq direktori Akmalxon Ortiqovga oid jinoyat ishi sudda koʻrilayotgani xabar qilgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+