12 699.140 so‘m

increase

84.070

14 847.830 so‘m

increase

93.240

162.160 so‘m

increase

0.140

12 699.140 so‘m

increase

84.070

3 kun avval
Bozor

Snoop Dogg va Telegram hamkorligidagi NFT kolleksiyasi yarim soat ichida sotilib ketdi

Snoop Dogg va Telegram hamkorligidagi yangi NFT kolleksiyasi atigi yarim soat ichida toʻliq sotilib ketdi. “Gifts” qoʻshigʻi bilan bir vaqtda taqdim etilgan toʻplam Telegram ilovasi orqali sotuvga chiqarilib, 12 million dollarlik daromad keltirdi.

Snoop Dogg va Telegram hamkorligidagi NFT kolleksiyasi yarim soat ichida sotilib ketdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Telegramda xip-xop afsonasi Snoop Dogg bilan hamkorlikda taqdim etilgan yangi NFT kolleksiyasi atigi 30 daqiqa ichida toʻliq sotilib ketdi. Ushbu raqamli toʻplam Snoop Dogg’ning yangi “Gifts” qoʻshigʻi bilan bir vaqtda Telegram’ning ichki “Send a Gift” funksiyasi orqali sotuvga qoʻyildi. Natijada, umumiy hisobda deyarli 1 million NFT qisqa vaqt ichida xarid qilindi. Ularning narxi 200 yulduzdan 15 000 yulduzgacha (stars) boʻlgan.

Telegram asoschisi Pavel Durov kolleksiya muvaffaqiyatini X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilib, Snoop Dogg’ning ushbu NFT sotuvidan 12 million dollar daromad olinganini maʼlum qildi. Unga koʻra, bu kolleksiya Snoop’ning ikonaga aylangan uslubidan ilhomlanib yaratilgan.

Durov bu yutuqni Telegram uchun muhim burilish deb atadi va uch haftadan soʻng TON (The Open Network) blokcheyni asosida NFTlarni chiqarish (mint) va ikkillamchi bozorda sotish imkoniyati paydo boʻlishini eʼlon qildi. U bu jarayonni “vaximali” deb baholab, Telegram’ning Web3 yoʻnalishidagi navbatdagi qadami sifatida koʻrsatdi.

Tahlilchilar fikricha, bu loyiha oddiy mashhur yulduzga oid NFT emas, balki kuchli marketing strategiyasi, foydalanuvchi ehtiyojiga mos funksiyalar va Telegramʼning ichki ekotizimida yaratilgan haqiqiy qiymatning natijasidir. Ayniqsa, NFTlar Telegram ichida bevosita foydalanilishi, boshqalarga sovgʻa sifatida yuborilishi va profil sozlash kabi imkoniyatlar taqdim etayotgani, uni funksional NFTlar bozori sifatida ajratib turadi.

Telegram oʻzining blokcheynga asoslangan The Open Network (TON) infratuzilmasi yordamida soʻnggi oylarda yangi bosqichga oʻtdi. Telegramʼda mini-ilovalar, hamyon integratsiyalari va NFT funksiyalari ortidan The Open Platform (TOP) kompaniyasi $1 mlrdlik bahoga erishdi. 

Aynan Telegram'ning NFTlar uchun yaratilgan ichki ekotizimi — yaʼni foydalanuvchilar oʻz NFTlarini ilova ichida sovgʻa qilishi, profilni sozlashi va stikerlar sifatida ishlatishi mumkinligi — uni ayni damda riskni yoqtiradigan kriptofoydalanuvchilar (degan) hamjamiyatining markaziga aylantirmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+