12 456.250 so‘m

increase

45.260

14 461.710 so‘m

increase

223.820

158.360 so‘m

decrease

-0.020

12 456.250 so‘m

increase

45.260

18-iyun, 18:29
Bank

Smartbank oʻz nomini Open bank deb oʻzgartirmoqda

Rebrending orqali bank oʻzining mavjud xizmatlarini kengaytirish hamda Open Card, Open Market va Open Biznes kabi loyihalarni yagona ekotizim ostida birlashtirishni maqsad qilgan boʻlishi mumkin.

Smartbank oʻz nomini Open bank deb oʻzgartirmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

2022 yil dekabrida faoliyatini boshlagan Smartbank AJ rebrendingni amalga oshirmoqda. Korporativ maʼlumotlar yagona portalida eʼlon qilingan xabarga koʻra, bank oʻz nomini rasmiy ravishda Open Bank deb oʻzgartirmoqda.

Ushbu oʻzgarish 2025 yil 17 iyun kuni boʻlib oʻtgan bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida tasdiqlangan.

Bankning asosiy taʼsischisi — Future Open Technology Group hisoblanadi. Kompaniya aksiyalarning 90 foiziga egalik qiladi.

Future Open Technology Group dastlab Open Card — muddatli toʻlov kartasi bilan bozorga kirgan boʻlsa-da, hozirda u yanada kengroq moliyaviy ekotizimni shakllantirib ulgurgan.

Bugungi kunga kelib, ushbu ekotizim tarkibiga B2B elektron savdo maydonchasi — Open Market, hamda koʻp bankli xizmatlarni birlashtiruvchi platforma — Open Biznes kiradi.

Iqtisodchi Temurmalik Elmurodov ushbu oʻzgarishni bankning asosiy investoriga bogʻliq deb hisoblaydi.

Ushbu rebrending Future Open Technology Group tomonidan yaratilgan barcha mahsulot va xizmatlarni yagona brend ostida birlashtirish, yaʼni moliyaviy ekotizim yaratishga qaratilgan harakat boʻlishi mumkin.


Maʼlumot uchun, Smartbank’ning sof foydasi 2025 yil birinchi choragida 76,4 foizga kamayib, 628,5 mln soʻmni tashkil etgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+