11 990.540 so‘m

decrease

-12.390

13 136.840 so‘m

decrease

-19.570

146.240 so‘m

decrease

-0.500

11 990.540 so‘m

decrease

-12.390

31 daqiqa avval
Bank
69

Shavkatxoʻja Qodirxoʻjayev KDB Bank Uzbekistan boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Shavkatxoʻja Qodirxoʻjayev bankda 20 yildan beri ishlab keladi va shu davrda bir nechta boshqarmaga rahbarlik qilgan. Qodirxoʻjayev oʻz tashabbusi bilan lavozimidan ketgan Bobir Ashrafxanovning oʻrnini egallaydi.

Shavkatxoʻja Qodirxoʻjayev KDB Bank Uzbekistan boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

KDB Bank Uzbekistan kuzatuv kengashi 23 noyabr kuni Shavkatxoʻja Akramxoʻjayevich Qodirxoʻjayevni boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida bir ovozdan qaror qabul qildi. Bu haqda bank 24 noyabr kuni xabar berdi.

Qodirxoʻjayev nomzodi Markaziy bank bilan kelishilganidan soʻng yangi vazifasini bajarishga kirishadi.

Ungacha bu lavozimni Bobir Baxodirovich Ashrafxanov egallab kelgan. U 2026 yil fevralidan KDB Bank Uzbekistan boshqaruvi raisi oʻrinbosari boʻlib ishlagan va noyabrda oʻz tashabbusi bilan lavozimini tark etgan.

Qodirxoʻjayev nomzodi Markaziy bank bilan kelishilganidan soʻng yangi vazifasiga kirishadi.

KDB Bank Uzbekistan’ning asosiy aksiyadori Koreya taraqqiyot banki boʻlib, unga ustav kapitalining 86,32 foizi tegishli. Shuningdek, Oʻzmilliybank 10,31 foiz, Turonbank esa 3,37 foiz ulushga ega.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+