12 021.610 so‘m

decrease

-38.170

14 092.930 so‘m

decrease

-36.310

150.440 so‘m

increase

0.370

12 021.610 so‘m

decrease

-38.170

15 soat avval
Iqtisodiyot
62

Senat 2025 yilda byudjetdan tashqari sarflangan 40,9 trln soʻmni yil oxirida tasdiqlab berdi

Senatning 12-yalpi majlisi muhokamalarida cheklangan miqdordan tashqari sarflangan qariyb 41 trln soʻm qoʻshimcha xarajatlar yil yakunlanishi arafasida maʼqullandi.

Senat 2025 yilda byudjetdan tashqari sarflangan 40,9 trln soʻmni yil oxirida tasdiqlab berdi
Foto: Senat matbuot xizmati

Senatning 12-yalpi majlisida 2026 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun koʻrib chiqildi va muhokamalar yakunida senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Qonunga koʻra, 2026 yilda davlat byudjeti daromadlari 368,9 trln soʻm, xarajatlari esa 402,6 trln soʻm miqdorida rejalashtirilgan. Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari 78,6 trln soʻmni, xarajatlari esa 74,4 trln soʻmni tashkil etadi (byudjetlararo transfertlar hisobga olinmagan).

2025 yil byudjeti ijrosidagi ortiqcha xarajatlar

Senat majlisidagi muhokamalar davomida eng eʼtiborli masalalardan biri 2025 yil davlat byudjeti ijrosi bilan bogʻliq holat boʻldi. 

Xususan, 2025 yil uchun tasdiqlangan davlat byudjetida hukumat va boshqa davlat organlari faoliyatini moliyalashtirish uchun 281,6 trln soʻm mablagʻ ajratilishi belgilangan edi. Ushbu summa qonun bilan qatʼiy cheklangan. Biroq Senat majlisida maʼlum qilinishicha, amalda ushbu limitdan tashqari yana qoʻshimcha 40,9 trln soʻm mablagʻ sarflangan.

Qiziq tomoni shundaki, byudjet yili deyarli yakunlanib, keyingi yil byudjeti muhokama qilinayotgan bir paytda Senat qariyb 41 trln soʻmlik ortiqcha xarajatlarni rasman tasdiqlab bermoqda.

“Qonun bilan respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari 40,9 trln soʻmga oshirilib, ilgari tasdiqlangan 281,6 trln soʻm oʻrniga 322,5 trln soʻmni tashkil etishi belgilanmoqda”, — deydi Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar boʻyicha qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev.

Qoʻshimcha xarajatlarning asosiy qismi ijtimoiy yoʻnalishlarga toʻgʻri keladi. Jumladan, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni oshirish uchun 5,8 trln soʻm ajratilgan. Shundan 5,3 trln soʻmi iyun oyida pensiya va nafaqalarning, 1 avgustdan boshlab stipendiyalar hamda byudjet tashkilotlari xodimlari oylik maoshlarining 10 foizga oshirilishi bilan bogʻliq.

Shuningdek, koʻp qavatli uylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 2,7 trln soʻm, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga 1,9 trln soʻm, kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari uchun esa 1,6 trln soʻm yoʻnaltirilgan. Qolgan mablagʻlar boshqa ijtimoiy, investitsiyaviy va strategik yoʻnalishlardagi xarajatlarga sarflangan. Mablagʻlar haqida batafsil bu yerda koʻrish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+