12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

14 606.450 so‘m

decrease

-66.360

163.750 so‘m

increase

0.300

12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

2 kun avval
Iqtisodiyot

1 iyuldan pensiya va nafaqalar, 1 avgustdan esa oylik va stipendiyalar oshiriladi

Shuningdek, bazaviy miqdorlar ham oshirilishi rejalashtirilgan.

1 iyuldan pensiya va nafaqalar, 1 avgustdan esa oylik va stipendiyalar oshiriladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda 1 iyuldan boshlab pensiya, nafaqa, ish haqi va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi. Bu haqda Pinkod.uz manbasi xabar berdi. 

2025 yil 3 iyun kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Qonunchilik palatasi yigʻilishida mazkur toʻlovlar 10 foizga oshirilishini maʼlum qilgan. Mazkur masalada tegishli Prezident farmoni qabul qilngan. 

Manbaga koʻra:

2025 yil 1 iyuldan boshlab:

  • Pensiyalar va nafaqalar;
  • Kam taʼminlangan oilalarga toʻlanadigan bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.

 2025 yil 1 avgustdan boshlab:

  • Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi;
  • Talaba va oʻquvchilarning stipendiyalari 10 foizga oshiriladi.

Shuningdek, farmonga koʻra bazaviy miqdorlar ham oshiriladi:

2025 yil 1 iyuldan boshlab:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 471 000 soʻm etib belgilanadi.

2025 yil 1 avgustdan boshlab:

  • Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 soʻm;
  • Bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 soʻm etib belgilanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+