12 099.720 so‘m

increase

15.620

14 223.220 so‘m

increase

25.610

148.900 so‘m

increase

2.180

12 099.720 so‘m

increase

15.620

3 kun avval
Bank

Sem Altman sunʼiy intellekt haqida katta bashoratini bildirdi

Unga koʻra, 2030 yilga kelib AI insondan aqlliroq darajaga yetadi, iqtisodiy vazifalarning katta qismini bajaradi va odamlar oʻzi mustaqil qila olmaydigan ilmiy kashfiyotlarni amalga oshiradi.

Sem Altman sunʼiy intellekt haqida katta bashoratini bildirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

OpenAI asoschisi Sem Altman fikricha, sunʼiy intellekt 2030 yilgacha inson qila olmaydigan ishlarni bajarish darajasiga yetadi. Bu haqda Fortune nashri xabar berdi.

Unga koʻra, kompaniya yaratgan eng soʻnggi model allaqachon Altmanning oʻzidan aqlliroq va 2026 yildan boshlab yangi modellar kutilmagan imkoniyatlarni ochib berishi mumkin. Yaqin kelajakda esa iqtisodiy vazifalarning 30–40 foizi AI tomonidan bajarilishi ehtimoldan xoli emas.

Altman boshqa texnologiya rahbarlariga qaraganda ehtiyotkorroq fikr bildirdi. Masalan, Anthropic rahbari Dario Amodei 2027 yilgacha AI deyarli barcha sohada odamdan ustun boʻlishini aytgan boʻlsa, Elon Musk kelasi yilda sunʼiy intellekt eng aqlli insondan ham ustun chiqishini taʼkidlagan.

Shu bilan birga, Altman AI qanchalik kuchli boʻlmasin, odamlar baribir insonlar nima qilayotganiga qiziqishda davom etishini va texnologiyadan qanday foydalanishni ham insonlarning oʻzi belgilashini taʼkidladi.

Bugungi kunda ChatGPT kabi xizmatlar ulkan energiya hamda katta maʼlumot markazlarini talab qilmoqda. OpenAI GPT-5’dan ham kuchli modellarni ishlab chiqqan boʻlsa-da, zarur infratuzilma yetishmasligi sababli ularni ommaga taqdim eta olmayapti. Shu bois kompaniya Oracle va SoftBank bilan hamkorlikda Texasda 800 gektarlik maʼlumotlar markazini qurmoqda. Yaqin yillarda AQSh boʻylab yana beshta markaz barpo etilishi ham rejalashtirilgan.

Altman ishonch bilan aytishicha, yaqin orada sunʼiy intellekt odamlar mustaqil amalga oshira olmaydigan ilmiy kashfiyotlarni yaratishga qodir boʻladi. Ana shunda uni bemalol superintellekt deb atash mumkin boʻladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+