12 199.100 so‘m

increase

30.120

14 585.240 so‘m

decrease

-2.930

160.490 so‘m

increase

0.600

12 199.100 so‘m

increase

30.120

1 kun avval
Iqtisodiyot
54

Savdo, sanoat va transport: Oʻzbekiston va Turkiya oʻzaro savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Shavkat Mirziyoyevning Anqaraga tashrifi doirasida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish boʻyicha qator kelishuvlar imzolandi. 

Tomonlar yaqin yillarda oʻzaro savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazishni maqsad qilgan. 

Xoʻsh, ikki davlat oʻrtasida qanday bitimlar imzolandi?

Savdo, sanoat va transport: Oʻzbekiston va Turkiya oʻzaro savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni Anqara shahrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar chogʻida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari oʻzaro savdo hajmi oshib borayotganini va yangi qoʻshma biznes loyihalar ishga tushirilayotganini taʼkidladilar.

Yaqin yillarda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Buning uchun Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim bilan qamrab olingan tovarlar roʻyxati kengaytiriladi. Oʻtgan yil Turkiya bilan savdo aylanmasi hajmi 3 mlrd dollardan oshgan.

Joriy tashrifga tayyorgarlik jarayonida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha sanoat kooperatsiyasiga oid alohida dastur qabul qilinadi. Shu yilda Oʻzbekistonning barcha hududlari delegatsiyalari Turkiyaga tashrif buyurib, hududiy hamkorlar bilan loyihalar portfelini shakllantiradi.

Qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik, sogʻliqni saqlash va tibbiy turizm sohalarida Turkiyaning ilgʻor tajribasiga boʻlgan ehtiyoj qayd etildi. Shuningdek, Buxoro shahrida ikki davlat rektorlari forumini oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Ikki davlat hukumatlariga qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.

Strategik hamkorlik kengashi yigʻilishi yakunida Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdoʻgʻan qoʻshma bayonotni imzoladilar hamda strategik sheriklik doirasida hamkorlik mexanizmlari toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Shuningdek, quyidagi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi:

  • sogʻliqni saqlash, taʼlim va harbiy tibbiyot sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
  • iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
  • konchilik sanoati sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
  • xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
  • maxsus iqtisodiy zonalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
  • yadro xavfsizligi, jismoniy himoya, kafolatlar va radiatsiyadan himoya sohalarida hamkorlik va axborot almashinuvi toʻgʻrisidagi bitim;
  • migratsiyaga koʻmaklashish va fuqarolarni oʻz yurtiga qaytarish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
  • Oʻzbekiston Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
  • Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi 2026–2027 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
  • Oʻzbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy taʼlim kengashi oʻrtasidagi protokol.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+