Samsung’ning yangi smartfonlar seriyasi – Galaxy S25 haqida nimalar maʼlum?
Samsung oʻzining yangi flagmanlarini taqdim qilishiga ikki haftadan kamroq vaqt qolgani fonida yangi liniya haqida bir-biridan yangi insaydlar chiqib kelmoqda. Yangi S25 Ultra iPhone 16 Pro Max va Google Pixel 9 Pro kabi yumaloqroq tuzilishga ega boʻladi.
2025 yilning 22 yanvarida Galaxy Unpacked tadbirida Samsung oʻzining eng soʻnggi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman namoyish etadi. Ushbu seriya zamonaviy dizayn va ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan boʻlib, bozorning yetakchi raqobatchilaridan biri boʻlishga vaʼda bermoqda.
Samsung Galaxy S25
Displey: 6,17 dyuymli AMOLED, oldingi modelga qaraganda biroz kattaroq va ingichka ramkalar bilan.
Protsessor: Snapdragon 8 Elite chipi – yaxshilangan ishlash, energiya samaradorligi va ilgʻor sunʼiy intellekt imkoniyatlari bilan.
Operativ xotira: 12 GB (avvalgi modelda 8 GB edi).
Kamera: uch linzali tizim saqlanib qolgan, kam yoritilgan sharoitlarda yaxshilangan suratga olish imkoniyati.
Batareya: 4,200 mA/soat sigʻim, 25V simli va 15V simsiz quvvatlash imkoniyati.
Ranglar: Silver Shadow, Mint, Icy Blue va Navy, ayrim mintaqalar uchun maxsus rang variantlari.
Narx: eng kichik hajmlisi uchun $799–$849 atrofida.
Samsung Galaxy S25 Plus
Displey: 6,7 dyuymli QHD+ LTPO AMOLED, 120 Hz yangilanish chastotasi bilan tiniq tasvir va silliq ishlash.
Kamera:
- 50 MP asosiy linza ilgʻor optik tasvir barqarorligi (OIS) bilan.
- 12 MP ultra keng.
- 10 MP telefoto linza, optik zum uchun.
Batareya: 4,900 mA/soat sigʻim, 45V simli va 25V simsiz quvvatlash imkoniyati bilan uzoq muddat foydalanish.
Maxsus funksiyalar:
- Ultra-Wideband (UWB) texnologiyasi – aqlli qurilmalar bilan yaxshiroq ulanish.
Ranglar: Silver Shadow, Navy va eksklyuziv variantlar.
Narx: eng kichik hajmlisi uchun 999$--$1,099 atrofida.
Samsung Galaxy S25 Ultra
Dizayn: yumaloq burchaklar, tekis yon tomonlar.
Displey: 6,8–6,9 dyuymli QHD LTPO AMOLED, 120 Hz yangilanish chastotasi va 3,000 nit yorqinlik.
Kamera:
- 200 MP asosiy sensor yuqori detallarni qayd etish uchun.
- 50 MP ultra keng sensor.
- 50 MP periskop telefoto linza, 5x optik zum bilan.
- 50 MP telefoto linza portret va yaqin suratlar uchun.
Batareya: 5,000 mA/soat, 45V simli va 25V simsiz tez quvvatlash.
Maxsus funksiyalar:
- S-Pen qoʻllab-quvvatlovi, yanada tezroq ishlash bilan.
- Favqulodda SOS va GPS kuzatuv uchun sunʼiy yoʻldosh aloqa texnologiyasi.
Ranglar: Titanium Black, Titanium Gray, Titanium Jade Green va ayrim bozorlarga moslashtirilgan variantlar.
Narx: $1,299 dan boshlanishi kutilmoqda.