12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

25-fevral, 12:16
Texnologiya

Samsung yangi A26, A36 va A56 smartfonlarining tizerini taqdim qildi

Yangi Galaxy A seriyalari uchun 2031 yilgacha boʻlgan 6 ta yirik Android OS yangilanishlari vaʼda qilinmoqda.

Samsung yangi A26, A36 va A56 smartfonlarining tizerini taqdim qildi
Foto: Samsung

Samsung yaqin kunlarda oʻzining yangi oʻrta toifa smartfonlarini – Galaxy A26, Galaxy A36 va Galaxy A56’ni taqdim etishga hozirlik koʻrmoqda. Kompaniya avval Galaxy M06 5 va Galaxy M16ʼni taqdim etishni rejalashtirgan, soʻngra Galaxy A26, Galaxy A36 va Galaxy A56 taqdim etiladi. Bu haqida Sammobile nashri xabar berdi.

Kompaniya oʻzining yangi Galaxy A seriyali smartfonlarining taqdimoti oldidan qisqa videoni eʼlon qildi. Mazkur tizerda Galaxy A26, Galaxy A36 va Galaxy A56 haqida ishora qilingan. Videoda uch kamerali kamera moduli koʻrsatilgan boʻlib, bu Galaxy A36 va Galaxy A56’ning tarqalgan render tasvirlariga oʻxshash koʻrinishdadir.

Samsung yangi Galaxy A seriyali smartfonlari uchun olti yirik (2031 yilgacha) Android OS yangilanishlariini vaʼda qilgan. Agar Galaxy A26, Galaxy A36 va Galaxy A56 Android 15 va One UI 7.0 bilan taqdim etilsa, kelajakda ushbu qurilmalar Android 21 yangilanishini ham olishi mumkin.

Yangi modellardan nimalarni kutish mumkin?

Galaxy A26

  • 120Hz yangilanish tezligiga ega Super AMOLED displey (U-shakldagi tirqish bilan)
  • Exynos 1380 protsessori
  • 50MP asosiy kamera
  • 5,000 mAh akkumulyator, 25V tezkor quvvatlanish
  • Ranglar: qora, yashil, oq

Galaxy A36

  • 120Hz OLED displey (teshikcha shaklidagi old kamera tirqishi bilan)
  • Samsung Foundry ishlab chiqargan Snapdragon 6 Gen 3 chipi
  • 12MP old kamera
  • 5,000 mAh akkumulyator, 45V tezkor quvvatlanish
  • Ranglar: qora, yashil, binafsha, oq

Galaxy A56

  • Exynos 1580 protsessori 
  • 50MP asosiy kamera
  • 12MP ultra keng burchakli kamera
  • 5MP makro kamera
  • 12MP old kamera
  • 5,000 mAh akkumulyator, 45V tezkor quvvatlanish
  • Ranglar: qora, yashil, pushti, oq

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+