11 880.930 so‘m

decrease

-14.640

13 794.950 so‘m

decrease

-31.270

153.280 so‘m

increase

0.300

11 880.930 so‘m

decrease

-14.640

1 soat avval
Texnologiya
27

Samsung ilk uchta ekranli smartfoni — Galaxy Z TriFold’ni taqdim etdi

10 dyuymli katta displey, mustahkamlangan buklash mexanizmi va 5 600 mAch sigʻimli batareya bilan jihozlangan qurilma 12 dekabrda Koreyada sotuvga chiqariladi. Smartfonda flagman darajadagi 200 megapikselli kamera qoʻllanilgan boʻlib, toʻliq yoyilganda uning qalinligi atigi 3,9 millimetrni tashkil etadi.

Samsung ilk uchta ekranli smartfoni — Galaxy Z TriFold’ni taqdim etdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Samsung oʻzining ilk uch ekranli buklanadigan smartfoni — Galaxy Z TriFold’ni taqdim etdi. Qurilma ikkita buklanish chizigʻiga ega boʻlib, ochilganda 10 dyuymli katta displey, yopilganda esa 6,5 dyuymli tashqi ekran bilan ishlaydi. Samsung yangi konstruktsiyada buklanish izlari sezilarli darajada kamaytirilganini taʼkidlamoqda.

Qurilma ichkariga buklanadigan dizaynga ega boʻlib, maxsus mexanizm notoʻgʻri buklash holatida foydalanuvchini ogohlantiruvchi signal beradi. Asosiy mexanizm Titanium Armor FlexHinge sharnir tizimiga asoslangan. Ikki relsli tuzilma bilan ishlaydigan turli oʻlchamdagi ikkita sharnir silliq, barqaror va mustahkam buklanishni taʼminlaydi. Ochilgan holatda qurilmaning qalinligi 3,9–4,2 mm oraligʻidadir. Bu Samsung chiqargan eng yupqa Smartfon. 

Galaxy Z TriFold uch boʻlmali, 5 600 mAch sigʻimli akkumulyator bilan jihozlangan. Bu — Samsung smartfonlarida shu paytgacha qoʻllanilgan eng katta batareya. Kamera tizimi ham flagman darajasida: 200 MP asosiy kamera, 12 MP ultra-keng burchakli modul va 3x optik zumga ega 10 MP telefoto kamera. Asosiy va tashqi ekranlarda ikkita 10 MP selfi kamera oʻrnatilgan.

Yangi model koʻp vazifali ishlash uchun optimallashtirilgan. Foydalanuvchilar bir vaqtning oʻzida uchta ilovani yonma-yon ishlata olishi, oynalarni ixtiyoriy shaklda joylashtirishi va media kontentni toʻliq ekranda tomosha qilishi mumkin. Qurilmaga mustaqil Samsung DeX rejimi qoʻshilgan boʻlib, u bir vaqtning oʻzida beshta ilovani ishga tushirishni, toʻrttagacha ishchi maydon bilan ishlashni va katta ekranlar uchun moslashtirilgan ilovalardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlaydi. Googleʼning Gemini Live xizmati ham TriFold ekraniga moslashtirilgan.

Galaxy Z TriFold 12 dekabr kuni Koreyada sotuvga chiqariladi. Keyinchalik Xitoy, Tayvan, Singapur va BAA bozorlariga ham kirishi rejalashtirilgan. AQShda smartfon 2026 yilning birinchi choragida taqdim etiladi. Narx hali oshkor qilinmagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+