12 195.500 so‘m

increase

15.630

14 049.220 so‘m

decrease

-30.710

149.710 so‘m

increase

1.190

12 195.500 so‘m

increase

15.630

7 soat avval
Texnologiya
27

Samarqandda Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirishga uringan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Samarqand viloyatidagi “Jartepa” chegara-bojxona postida qiymati qariyb 6 mln soʻmlik Starlink sunʼiy yoʻldosh aloqa terminalini noqonuniy olib kirishga urinish aniqlandi. Qurilma yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va undan foydalanish uchun zarur ruxsatnoma mavjud boʻlmagan. Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Samarqandda Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirishga uringan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bojxona xodimlari Oʻzbekistonga Starlink sunʼiy yoʻldosh aloqa terminalini noqonuniy olib kirishga urinish holatini aniqladi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, Oʻzbekiston hududiga Starlink sunʼiy yoʻldosh aloqa qurilmasini tegishli ruxsatlarsiz olib kirish va undan foydalanish taqiqlanadi.

“Jartepa” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Mercedes-Benz rusumli avtomobil koʻzdan kechirilganda, qiymati taxminan 6 mln soʻm boʻlgan 1 dona Starlink qurilmasi aniqlangan. Ushbu qurilma yoʻlovchining bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va unga zarur ruxsatnoma ham mavjud boʻlmagan. Holat yuzasidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati bergan xulosaga koʻra, mazkur orbital sunʼiy yoʻldosh aloqa qurilmasini respublika hududiga maxsus ruxsatsiz olib kirish va undan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+