12 054.030 so‘m

increase

18.810

13 932.050 so‘m

increase

16.930

167.050 so‘m

decrease

-0.900

12 054.030 so‘m

increase

18.810

2 soat avval
Iqtisodiyot
53

Renovatsiya uchun mulk egalarining kamida 80 foiz roziligi talab etiladi

Yangi tartibga koʻra, obʼektni renovatsiya loyihasiga kiritish uchun egalarining notarial tasdiqlangan yozma roziligi olinadi. Huquq egasi jarayonda kompensatsiya tanlashi yoki loyiha ishtirokchisi sifatida qatnashishi mumkin.

Renovatsiya uchun mulk egalarining kamida 80 foiz roziligi talab etiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirishda mulk egalarining roziligi majburiy shartlardan biri sifatida belgilanmoqda. Qonunga koʻra, renovatsiya loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqilgan kundan boshlab 2 oy ichida huquq egalari bilan ochiq muhokama oʻtkazilishi kerak.

Ochiq muhokama davomida obʼektlarni renovatsiya loyihasiga kiritish uchun har bir obʼekt egalarining kamida 4/5 qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligi olinishi lozim. Bu talab renovatsiyani amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Huquq egasi renovatsiya loyihasida oʻz xohishiga koʻra kompensatsiya olishi yoki hissador sifatida ishtirok etishi mumkin.

Kompensatsiya birinchi navbatda renovatsiya amalga oshirilayotgan hududda yangi quriladigan turar yoki noturar joy obʼektini mulk qilib berish shaklida taqdim etiladi. Agar bu imkon boʻlmasa, boshqa joydan turar yoki noturar joy berilishi mumkin.

Shuningdek, kompensatsiya pul mablagʻlari yoki kelishuv bitimida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Maʼlumot uchun, huquq egasi deganda shaharsozlik renovatsiyasi hududida joylashgan koʻchmas mulk obʼektlarining egasi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs tushuniladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach yaʼni 2026 yil 11 dekabrdan kuchga kiradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+