12 557.560 so‘m

decrease

-34.150

14 809.130 so‘m

decrease

-12.570

159.440 so‘m

decrease

-0.740

12 557.560 so‘m

decrease

-34.150

16 soat avval
Bank

Raqobat qoʻmitasi Infinbank, Tenge bank va Davr Bank filiallariga nisbatan jarima qoʻlladi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan reklama qonunchiligi buzilgani uchun 17 ta kompaniya jarimaga tortildi. Ular orasida Infinbank, Tenge bank va Davr Bank hududiy filiallari ham bor.

Raqobat qoʻmitasi Infinbank, Tenge bank va Davr Bank filiallariga nisbatan jarima qoʻlladi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi reklama qonunchiligi talablarini buzganligi sababli 17 ta kompaniyaga nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi.

Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari va tashqi reklama vositalarida eʼlon qilingan reklama materiallari tahlil qilindi. 

Oʻrganishlar natijasida bir qator korxonalar tomonidan reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilgani aniqlangan.

  • Mazkur qonunbuzarliklar quyidagi korxonalarda qayd etildi:
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Voris Gaz Oil
  • Xorazm viloyati – Ostona Asl Baraka
  • Buxoro viloyati – Omad Bukhara Majmua
  • Navoiy viloyati – Humoyunshox Hotel
  • Samarqand viloyati – Nigina Ismatilloyevna
  • Surxondaryo viloyati – Davr Bank Termiz shahar bank xizmatlari markazi
  • Qashqadaryo viloyati – Infinbank Qashqadaryo filiali va Tenge bank Qarshi BXM
  • Jizzax viloyati – Aziz Osmon Servis 
  • Sirdaryo viloyati – Tire World
  • Toshkent viloyati – GGM AND JEM, Idea Concept Group, Moon Travel
  • Namangan viloyati – Umra Consalting Xizmati, Al-Safo Tour

Maxsus komissiya tomonidan ushbu korxonalarga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi. Ishlar koʻrib chiqilgach, ularga moliyaviy jarima qoʻllash va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha qarorlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, korxonalarga kelgusida bunday qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+