12 447.350 so‘m

increase

86.490

14 545.970 so‘m

increase

66.460

146.080 so‘m

increase

0.420

12 447.350 so‘m

increase

86.490

05-sentabr, 09:57
Bank

“Poytaxt Bank” rahbariyatida oʻzgarish yuz berdi

28 avgust kuni “Poytaxt Bank” Kuzatuv kengashi qaroriga binoan Abror Turgʻunov bank Boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bungacha u 2024 yil iyunidan buyon bank raisi oʻrinbosari vazifasini bajarib kelgan.

“Poytaxt Bank” rahbariyatida oʻzgarish yuz berdi
Foto: AI / Pinkod.uz

28 avgust kuni “Poytaxt Bank” Kuzatuv kengashi qaroriga binoan Abror Turgʻunov bank Boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida xabar qilindi.

Turgʻunov 2024 yil iyunidan buyon bank raisi oʻrinbosari vazifasini bajarib kelayotgan edi. U chakana kreditlash, gʻaznachilik, iqtisodiy tahlil va strategik rivojlanish, tashqi iqtisodiy faoliyat, umumiy boʻlim hamda xaridlar boʻlimiga masʼul boʻlgan.

Abror Turgʻunov 1983 yilda Toshkentda tugʻilgan. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2013 yilda esa Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

2025 yil mart oyida bank Boshqaruvi raisi birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Doʻstboy Abjalov vaqtincha rahbar etib tayinlangandi. Hozirda esa bankning rasmiy saytida uning nomi mansabdor shaxs sifatida koʻrsatilmagan.

Maʼlumot uchun, 2024 yil iyun oyida “Poytaxt Bank” BAAning “Bond Investments Limited LLC” kompaniyasiga 10 million dollarga sotilgan. 

Avvalroq Pinkod bank ustav kapitali 500 mlrd soʻmga yetkazilishi haqida xabar bergan edi. Qarorga koʻra, umumiy qiymati 400 mlrd soʻmlik oddiy aksiyalar bankning yagona aksiyadori — “Bond Investments Limited LLC” kompaniyasiga yopiq obuna shaklida joylashtiriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+