12 039.610 so‘m

increase

54.510

13 992.430 so‘m

increase

69.340

149.170 so‘m

increase

0.310

12 039.610 so‘m

increase

54.510

02-iyul, 20:44
Iqtisodiyot
513

Paynet 2024 yilda 281,5 mlrd soʻm sof foyda oldi

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 153,5 milliard soʻmga yoki 119,9 foizga koʻproqdir.

Paynet 2024 yilda 281,5 mlrd soʻm sof foyda oldi

Paynet AJ 2024 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, kompaniya sof foydasi oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

Yil davomida kompaniyaning sof tushumi 53 foizga oʻsib, 1 trillion 135 milliard soʻmga yetdi.

2024 yilda kompaniya 281,5 milliard soʻm miqdorida sof foyda koʻrdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 153,5 milliard soʻmga yoki 119,9 foizga koʻproqdir.

Kompaniyaning aktivlari hajmi 552,9 milliard soʻmga ortib, 842,3 milliard soʻmni tashkil etdi.

Shuningdek, majburiyatlar hajmi ham 387,2 milliard soʻmga koʻpayib, 529,6 milliard soʻmga yetdi.


Avvalroq, Pinkod Click toʻlov tizimi 2024 yilda 295 mlrd soʻm sof foyda olgani haqida yozgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+