12 654.130 so‘m

increase

67.720

14 817.990 so‘m

increase

59.170

161.180 so‘m

increase

0.760

12 654.130 so‘m

increase

67.720

18-iyun, 16:58
Bank

Oʻzmilliybank Kuzatuv kengashi tarkibida oʻzgarish boʻldi

17 iyun kuni boʻlib oʻtgan bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari yigʻilishida Kuzatuv kengashi tarkibidan mustaqil aʼzo Styuart Louson chiqarildi. Shuningdek, tarkibga ikki yangi mustaqil aʼzo tayinlandi.

Oʻzmilliybank Kuzatuv kengashi tarkibida oʻzgarish boʻldi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil 17 iyun kuni Oʻzbekiston Milliy banki (Oʻzmilliybank) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda bank Kuzatuv kengashi tarkibini qayta koʻrib chiqish masalasi muhokama qilindi.

Aksiyadorlar qaroriga koʻra, Kuzatuv kengashi tarkibidan mustaqil aʼzo sifatida faoliyat yuritgan Styuart Louson chiqarildi. Shuningdek, Sherzod Muxamedov ham ushbu tarkibdan chiqarilgan.

Ular oʻrnini ikki nafar yangi mustaqil aʼzo — Oliviyer Grizard va Aleksandr fon Glyayx egalladi.

Shundan soʻng, Oʻzmilliybank Kuzatuv kengashining yangilangan tarkibi quyidagicha tasdiqlandi:

  • Kudratov Laziz Shavkatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • Mirzayev Mubin Muxitdinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi
  • Raximova Gulnora Xashimovna — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
  • Norgitov Muxitdin Jurabayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
  • Mirzoyev Adnan Abasali ogʻlu — Mustaqil aʼzo
  • Oliviyer Grizard — Mustaqil aʼzo
  • Aleksandr fon Glyayx — Mustaqil aʼzo

Yangi aʼzolar haqida

Oliviyer Grizard — Union of Arab and French Banks (UBAF) ning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha direktori hisoblanadi. UBAF 1970 yilda Fransiya va 25 ta arab davlati davlat banklari tomonidan tashkil etilgan xalqaro moliyaviy konsorsium boʻlib, 900 dan ortiq bank-korrespondentdan iborat global tarmoqqa ega va 80 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi.

Aleksandr fon Glyayx esa 1967 yil 16 iyunda Gamburg (Germaniya) shahrida tugʻilgan boʻlib, bank sohasida 40 yillik tajribaga ega. U ProCredit Bank’ning Gruziyadagi filialiga rahbarlik qilgan. 2003–2006 yillarda Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC, Rossiya) investitsiyalar boʻyicha direktori lavozimida ishlagan. 2014 yil 23 sentabrdan SK “Alyans” AJ Boshqaruv aʼzosi etib tayinlangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+