12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

11-fevral, 18:55
Bank

“Oʻzmilliybank” AJ 2022 yilda balansidan chiqargan Xalqaro bank-moliya markazi binosini qaytarib oldi

Mazkur binoda hozirda American University of Technology oliy taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda.

“Oʻzmilliybank” AJ 2022 yilda balansidan chiqargan Xalqaro bank-moliya markazi binosini qaytarib oldi

2022 yilda Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Beshyogʻoch koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Xalqaro bank-moliya markazi binosi “Oʻzmilliybank” AJ tasarrufidan chiqarilib, bankning shoʻba korxonasi hisoblangan NBU Invest Group AJga oʻtkazilgan edi.

2025 yil 10 fevral kuni Korporativ maʼlumotlar yagona portalida eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, ushbu bino yana “Oʻzmilliybank” AJ balansiga qayta oʻtkazildi.

Shu munosabat bilan, bank ustav kapitali qoʻshimcha aksiyalar chiqarish orqali oshiriladi. Chiqariladigan aksiyalar quyidagicha:

  • 6 082 852 dona oddiy hujjatsiz shakldagi aksiya;
  • Har bir aksiyaning nominal qiymati – 1 000 soʻm;
  • Umumiy qiymati – 6 082 852 000 soʻm;
  • Qoʻshimcha 597,89 soʻm keyingi chiqarish uchun qoldiriladi.

Aksiyalarni joylashtirish tartibi yopiq obuna usulida amalga oshiriladi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga joylashtiriladi hamda aksiyalar birjadan tashqari bozorda “Oʻzmilliybank” AJ hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻrtasida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasi asosida joylashtiriladi. Ushbu shartnoma Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun, ushbu binoda hozirda bir qator xususiy tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Ular qatoriga American University of Technology, Techno Soft va Abstract IT Group kompaniyalari kiradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+