11 979.830 so‘m

decrease

-1.980

13 904.990 so‘m

increase

25.260

164.990 so‘m

decrease

-0.140

11 979.830 so‘m

decrease

-1.980

8 soat avval
Bank
105

Oʻzbekistonliklar xorijga 10 ming dollargacha ruxsatsiz investitsiya kiritishi mumkin boʻladi

Kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi soddalashtirilmoqda. Yangi nizom bilan operatsiyalar hisobi raqamlashtirilib, rezidentlarga xorijga maʼlum miqdorgacha oldindan alohida ruxsat olmasdan investitsiya kiritish imkoniyati beriladi. 

Oʻzbekistonliklar xorijga 10 ming dollargacha ruxsatsiz investitsiya kiritishi mumkin boʻladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirish, hisobga olish va ular boʻyicha maʼlumot taqdim etish tartibini yangilamoqda.

Yangi tartibga koʻra, kapital harakati operatsiyalarini jurnal shaklida hisobga olish amaliyotidan voz kechiladi. Ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Valyuta operatsiyalari hisobini yuritish” axborot tizimida elektron shaklda qayd etiladi.

Shuningdek, rezidentlar bunday operatsiyalarni faqat asosiy hisobvaragʻi ochilgan bank orqali amalga oshirishi shart boʻlmaydi. Operatsiyalar belgilangan tartibda istalgan xizmat koʻrsatuvchi bank orqali bajarilishi mumkin.

Hisobotlar har chorakda taqdim etiladi

Yangi tartib ayrim miqdordagi xorijiy investitsiyalarni oldindan alohida ruxsat olmasdan amalga oshirish imkonini beradi.

Bir kalendar yili davomida ustav kapitalida davlat ulushi mavjud korxonalar va ularning shoʻba tashkilotlari xorijda 100 ming AQSh dollarigacha investitsiya kiritishi mumkin boʻladi.

Davlat ulushi mavjud boʻlmagan korxonalar uchun esa ushbu limit 200 ming dollar etib belgilanadi.

Bundan tashqari, davlat ulushi mavjud korxonalar xorijdagi filial va vakolatxonalarini yiliga 50 ming dollargacha aylanma mablagʻ bilan taʼminlashi mumkin. Xususiy korxonalar uchun bu miqdor 100 ming dollarni tashkil etadi.

Jismoniy shaxslarga esa bir kalendar yilida xorijda 10 ming AQSh dollarigacha investitsiya faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Hisobotlar har chorakda taqdim etiladi

Kapital harakati operatsiyasi shartlariga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, ular qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtirilishi va 10 kun ichida xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etilishi kerak.

Rezidentlar xorijdagi investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda bankka yuboradi. Tijorat banklari esa ushbu maʼlumotlarni umumlashtirib, Markaziy bankka taqdim etadi.

Shu bilan birga, Prezidentning 2025 yil 18 dekabrdagi PF–254-son farmoniga muvofiq, jismoniy shaxslar xorijdagi brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini faqat litsenziyaga ega investitsiya vositachilari orqali toʻldirishi mumkin.

Markaziy bankka koʻra, oʻzgarishlar kapital harakati operatsiyalarini hisobga olish jarayonini tezlashtirish va raqamlashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda rezidentlar uchun xorijga investitsiya kiritishda qoʻshimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+