12 220.980 so‘m

decrease

-54.600

14 495.300 so‘m

decrease

-96.680

158.380 so‘m

decrease

-0.710

12 220.980 so‘m

decrease

-54.600

7 soat avval
Bank
25

Oʻzbekistonliklar mayda pullardan voz kechib, koʻproq yirik pullardan foydalanmoqda

Naqd pullar tarkibida 200 ming soʻmliklar ulushi 23,4 foizdan 28,5 foizgacha oshdi. 100 ming soʻmliklar ulushi esa 40,9 foizdan 36,4 foizgacha qisqardi. Yil oxirida muomaladagi naqd pullarning 83,1 foizi yirik banknotlarga toʻgʻri keldi,

Oʻzbekistonliklar mayda pullardan voz kechib, koʻproq yirik pullardan foydalanmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yilda Markaziy bank tomonidan muomalaga qoʻshimcha naqd pullar chiqarilishi natijasida banknotlar umumiy soni 262 million donaga oshib, 2,45 milliard donani tashkil etdi.

Eng muhim oʻzgarish shundaki, muomaladagi naqd pullar tarkibida 200 ming soʻmlik banknotlar ulushi sezilarli oshdi. Agar 2024 yilda bu koʻrsatkich 23,4 foiz boʻlgan boʻlsa, 2025 yilga kelib 28,5 foizga yetdi.

Ayni paytda 100 ming soʻmlik banknotlar ulushi 40,9 foizdan 36,4 foizga kamaydi. Bu asosan eski namunadagi banknotlarni bosqichma-bosqich muomaladan chiqarish va yangilariga almashtirish jarayoni bilan bogʻliq.

Yil yakuniga kelib, muomaladagi naqd pullarning asosiy qismi yirik nominallarga toʻgʻri keldi:

  • yirik banknotlar — 83,1 foiz 
  • oʻrta nominallar — 15,8 foiz 
  • kichik nominallar va tangalar — atigi 1,1 foiz

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan eski namunadagi banknotlarni qaytarib olish va yangilariga almashtirish choralari natijasida 5 mingdan 100 ming soʻmgacha boʻlgan pullarda eski banknotlar ulushi keskin qisqardi. Jumladan, 5 000 soʻmlik banknotlarda eski namunalar ulushi 25 foizdan 7 foizga, 10 000 soʻmliklarda 24 foizdan 5 foizga, 50 000 soʻmliklarda 25 foizdan 4 foizga va 100 000 soʻmliklarda 18 foizdan 3 foizga kamaydi.

Umuman olganda, Oʻzbekistonda naqd pul muomalasida yirik nominalli banknotlar tobora ustunlik qilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+