Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi bank kartalaridan foydalanadi?
2025 yil 1 iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda muomalada boʻlgan bank kartalari soni 63,8 million donani tashkil etdi. Xoʻsh, ushbu bank kartalari ichida qaysi bankniki koʻproq?

2025 yil 1 iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda muomalada boʻlgan bank kartalari soni 63,8 million donani tashkil etdi. Xoʻsh, ushbu bank kartalari ichida qaysi bankniki koʻproq?
Xalq banki — 9,98 mln dona bank kartasi
1 iyun holatiga koʻra Oʻzbekistonning eng qadimiy banki mamlakat banklari ichida bank kartalari soni boʻyicha yetakchi boʻlib kelmoqda.

Ayni paytda ushbu bankdagi muomalada boʻlgan bank kartalari soni 9 mln 985 mingtani tashkil etadi. Bank kartalari sonining koʻpligini ushbu bank davlat banki hisoblanishi va koʻplab ijtimoiy toʻlovlar aynan Xalq banki orqali amalga oshirilishi bilan bogʻlash mumkin.
Agrobank — 6,5 mln dona bank kartasi
Agrobank bugungi kunda deyarli barcha toʻlov tizimlaridagi kartalarni taklif qilmoqda. Shuningdek, ushbu bank ham davlat banki hisoblanadi.

Aynan shu omillar tufayli Agrobankdagi muomaladagi kartalar soni 6,5 mlntani tashkil qiladi.
Ipoteka bank — 4,98 mln dona bank kartasi
Ipoteka bank 2023 yilgacha davlat banki maqomiga ega boʻlgan. Shu yili bankdagi davlat ulushi Vengriyada joylashgan OTP Group’ga sotilgan.
.png)
Bugungi kunda ushbu bankning muomaladagi kartalari soni 4,98 mln dona.
TBC bank — 4,89 mln dona bank kartasi

TBC bank’da mavjud boʻlgan bank kartalari soni soʻnggi yillarda keskin oshgan. Misol uchun, 2024 yil 1 yanvarda TBC bank’ning muomaladagi kartalari soni qariyb 2,1 mln donani tashkil etgan boʻlsa, hozirga kelib bu miqdor 4,89 mlntani tashkil qilmoqda.
Octobank — 4,69 mln dona bank kartasi
Octobank 18 iyundan boshlab Humans kompaniyasi bilan birgalikda chiqarilgan kobrending kartalariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatgan. Mazkur amaliyot bank kartalari sonining kamayishiga olib kelishi mumkin.
.png)
Shunga qaramasdan 1 iyun holatiga koʻra Octobank muomaladagi bank kartalari soni boʻyicha mamlakatda beshinchi oʻrinni egallab turibdi.
Oʻzmilliybank(NBU) — 4,15 mln dona bank kartasi
Davlatning strategik banklaridan biri boʻlgan Oʻzmilliybank (NBU) koʻplab yirik korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatadi.

Bu holat bank kartalari soniga ham taʼsir koʻrsatgan. Bugungi kunda NBU muomalasida 4,15 milliondan ortiq bank kartasi mavjud.
Hamkorbank— 3,4 mln dona bank kartasi
Hamkorbank kuchli yettilikdan joy olgan yirik tijorat banklaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda bankda muomaladagi kartalar soni 3,4 million donani tashkil etadi. Bank Humo, Uzcard va ayrim Visa kartalarini bepul chiqarishi bilan ajralib turadi.
Ipak yoʻli banki — 3,3 mln dona bank kartasi

Ipak yoʻli bank bir necha turdagi bank kartalarini bepul chiqarish imkoniyatini taqdim qiladi. Bular orasida Visa Start Sum va Woman Card mavjud.
Anorbank — 3,14 mln dona bank kartasi
.png)
Anorbank Mastercard, Humo va Uzcard tizimlarida xizmat koʻrsatadigan kartalarni taklif qiladi. Bankning raqamli xizmatlarga urgʻu berishi, kartalarni onlayn buyurtma qilish va bepul yetkazib berish xizmatlari unga 3,14 million karta bilan kuchli oʻntalikka kirish imkonini berdi.
Oʻzsanoatqurilishbank(SQB) — 2,8 mln dona bank kartasi

SQB davlat banklari orasida barqaror oʻsishga ega moliyaviy muassasa sanaladi. Bank barcha asosiy toʻlov tizimlarida kartalar chiqaradi. Hozirda muomalada 2,8 million dona kartasi mavjud.