12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

20-yanvar, 17:03
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonga 2024 yilda xorijdan kirib kelgan pul oʻtkazmalari qariyb 15 mlrd dollarga yetdi

Rossiya hali ham pul oʻtkazmalarida katta ulushni egallayotganiga qaramasdan, yangi ochilgan mehnat bozorlari – Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan kelayotgan oʻtkazmalar hajmi sezilarli koʻpaydi.

Oʻzbekistonga 2024 yilda xorijdan kirib kelgan pul oʻtkazmalari qariyb 15 mlrd dollarga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

2024 yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kirgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 14,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu, oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 milliard dollarga koʻproq deganidir. 

2024 yilda oʻtkazmalarning sezilarli oʻsishiga quyidagi omillar sabab boʻldi:

  • migratsiya qabul qiluvchi davlatlarda iqtisodiy faollikning oshishi;
  • ishchi kuchiga talab va ish haqlarining koʻtarilishi;
  • yuqori daromadli davlatlardan kelgan oʻtkazmalar ulushining koʻpayishi.

Shuningdek, odamlar onlayn pul oʻtkazmalaridan doimiy ravishda foydalanishni boshlashmoqda. Oʻtgan yili P2P (onlayn) oʻtkazmalarning ulushi 40 foizgacha koʻpayib, tranzaksiyalar soni 71 millionga yetdi.

Yangi mehnat bozorlarining faolligi yuqorilamoqda 

Oʻtkazmalarning davlatlar boʻyicha taqsimotida Rossiya hali ham 77 foiz($11,5 mlrd) bilan oldinda bormoqda. Rossiyadan oʻtkazmalar 2024 yilda 29 foizga koʻpaygan. Biroq vaziyat bir joyda turib qolgani yoʻq. Oʻzbekiston oʻzi uchun ochgan yangi mehnat bozorlarining faolligi yuqorilamoqda. Mablagʻlarning qolgan qismi Qozogʻiston (795 mln), AQSh (577 mln), Janubiy Koreya (534 mln), Turkiya (405 mln), Buyuk Britaniya (135 mln) va boshqa davlatlardan amalga oshirildi.

2024 yilda Oʻzbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmida Buyuk Britaniyadan oʻtkazmalar 83 foizga oshdi. Bu oʻsish Oʻzbekistonliklarning yil davomida faol ravishda mavsumiy ishlarga jalb qilinishi bilan bogʻliq. Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan migratsiya faoliyatining ortishi, ishchi kuchiga talabning oshishi, hamda yangi mehnat bozorlari ochilishining natijasida ushbu davlatlarda oʻtkazmalar hajmi sezilarli darajada koʻpaydi.

Infografika: Markaziy bank

Shuningdek, 2024 yilda Janubiy Koreya, AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan ham pul oʻtkazmalari sezilarli darajada oshdi. Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQShdan 35 foizga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan esa 32 foizga oʻzish kuzatildi.

Valyuta operatsiyalari

2024 yilda Oʻzbekistonda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari hajmi 19 foizga koʻpayib, 25,5 milliard dollarni tashkil etdi. Aholi oʻz qoʻlidagi valyutani ichki bozorda faol sotib unga nisbatan kamroq dollar sotib olmoqda. Jumladan, jismoniy shaxslar tomonidan:

  • 16,1 milliard dollar sotilgan (31% oʻsish);
  • 9,4 milliard dollar sotib olingan (3% oʻsish).

Sotilgan valyuta hajmi xarid qilinganidan 6,7 milliard dollarga koʻp boʻldi. Buning natijasida esa ichki bozor valyutani sotish hisobidan qoʻshimcha taklif manbaiga ega boʻldi.

Shuningdek, valyuta ayirboshlash punktlari tarmogʻi 20 foizga kengayib, ularning soni butun respublika boʻylab 6,2 mingtaga yetdi. Bundan tashqari, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan bankomatlar soni 3,4 mingdan oshdi. Bu esa aholiga qoʻshimcha qulaylik yaratib, valyutani almashtirishni yanada osonlashtirdi. Shuningdek, valyuta ayirboshlash punktlari tarmogʻi 20 foizga kengayib, ularning soni butun respublika boʻylab 6,2 mingtaga yetdi. Bundan tashqari, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan bankomatlar soni 3,4 mingdan oshdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+